Paxta tolasini sifatini aniqlashda tajriba o’tkazish. To‘qimachilik iplarini sertifikatlashtirishga tayyorlash. Shtrixli kodlash tizimini tajribada sinash



Yüklə 326,97 Kb.
səhifə4/6
tarix09.09.2023
ölçüsü326,97 Kb.
#142175
1   2   3   4   5   6
4-Loboratoriya

Sinash usullari


Paxta tolasi quyidagi tartibda sinovdan o‘tkaziladi: Namunalarni tanlab olish - O‘z DSt 614 bo‘yicha. Pishib yetilganlikni aniqlash - O‘z DSt 618 bo‘yicha.
Chiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash - O‘z DSt 620 bo‘yicha.
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash - O‘z DSt 629 bo‘yicha.
Nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini aniqlash - O‘z DSt 632 bo‘yicha.
Shtapel massa uzunligini aniqlash- O‘z DSt 633 bo‘yicha. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash -O‘z DSt 634 bo‘yicha.
Paxta tolasining muayyan bir to‘dasi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov usullari standartlarida ko‘rsatilgan me’yor chegaralaridan
oshmasligi kerak.


Klassyor usulida paxta tolasining sifatini aniqlash


Paxta tolasining O‘zDSt 604- ga muvofiq sanoat navlari va sinflari bo‘yicha tashqi ko‘rinishi namunalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa namunalar.

O‘lchash usullari


Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash sinalayotgan namunani tasdiqlangan namunalar tashqi ko‘rinishi bilan sun’iy (arbitraj usul) yoki tabiiy yorug‘likda solishtirish yo‘li orqali bajariladi.
Operatorning malakasiga bo‘lgan talablar
Tajribalarni bajarishga paxta klassifikatsiyasi bo‘yicha maxsus kabi tayyorgarligini o‘tgan kishilarga ijozat beriladi.

O‘lchash sharoitlari


Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlashni quyidagi talablarga javob beradigan maxsus xonalarda (klassyor xonasida) bajarish tavsiya qilinadi (11-rasm):

1-rasm. Klassyor usulida tola sifatini aniqlash.

-yorug‘likning zaruriy spektral tarkibini ta’minlash uchun Lumiluxe


36w11 va Lumiluxe Deluxe 36w22 yoki o‘xshash spektral tavsifli lyuminissent lampalar qo‘llanishi kerak;
—ish stolining yoritilganligi 500-1200 lyuks oralig‘ida bo‘lishi kerak;
—ish joyida yorug‘lik bir tekis tarqalgan bo‘lishi kerak;
—yorutgichlar klassyor stoliga parallel tartibda, poldan 2,5 - 3 m balandlikda o‘rnatiladi;
—devorlar rangi bo‘g‘iq kul rang;
—shipning rangi bo‘g‘iq oq rang;
—klassifikatsiya stolining rangi bo‘g‘iq qora rang bo‘lishi kerak;
—polning rangi qora-kulrang yoki qora bo‘lishi kerak;
—xonaning ichkarisiga tashqaridan yorug‘lik tushmasligi kerak;
—namunalarni o‘rash uchun mo‘ljallangan qog‘oz klassyorning ko‘rish maydonida katta joy egallamasligi kerak.
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini tabiiy yorug‘likda aniqlash hollarida klassifikatsiya stolining usti tekis yoritilishi, yorig‘lik 500 lyuksdan kam bo‘lmasligi kerak.



Yüklə 326,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin