Paxta tolasini sifatini aniqlashda tajriba o’tkazish. To‘qimachilik iplarini sertifikatlashtirishga tayyorlash. Shtrixli kodlash tizimini tajribada sinash



Yüklə 326,97 Kb.
səhifə2/6
tarix09.09.2023
ölçüsü326,97 Kb.
#142175
1   2   3   4   5   6
4-Loboratoriya

Qo‘llanish doirasi


Ushbu standart paxta korxonalarida paxtani qayta ishlashda olinadigan paxta tolasiga joriy etiladi.
Standart talablari majburiydir va sertifikatlashtirish maqsadlariga yaroqli.

Me’yoriy taqdimotlar


Ushbu standartda quyidagi standartlarga taqdimotlar qo‘llaniladi: O‘z DSt 614- Paxta tolasi. Namuna tanlab olish usullari.
O‘z DSt 618- Paxta tolasi. Pishib yetilganlikni aniqlash usullari.
O‘z DSt 619- Paxta tolasi. Solishtirma uzilish kuchini aniqlash usullari.
O‘z DSt 620- Paxta tolasi. Chiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usullari.
O‘z DSt 625- Paxta tolasi. Rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash usullari.
O‘z DSt 632- Paxta tolasi. Nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini aniqlash
usullari.
O‘z DSt 633- Paxta tolasi. Uzunligini aniqlash usullari.
O‘z DSt 634- Paxta tolasi. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash usullari.
O‘z DSt 741- Paxta tolasi, paxta momig‘i, paxta tozalash korxonalarining o‘lik aralashgan chiqindilari va paxtaning kalta momig‘i aralashgan chiqindilari. O‘rash, belgi qo‘yish, tashish va saqlash.


Ta’riflar, belgilashlar va qisqartirishlar


Mazkur standartda quyidagi atamalar, ta’riflar va belgilashlar qo‘llaniladi:
Klassyorlik usuli - paxta tolasiga navi va sinfi bo‘yicha organolentik baho berishdir, bunda tola tashqi ko‘rinishi bo‘yicha belgilan-gan tartibda tasdiqlangan namunalar bilan solishtiriladi hamda uning shtapel uzunligi qo‘lda tortilgan shtapel bilan aniqlanadi. Asbob yordamida faqat mikroneyr ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Bu usul har to‘dadan 10 % ni nazorat qilishda qo‘llaniladi, lekin toyma-toy sinovlarda ham foydalanilishi mumkin.


Texnik talablar


Paxta tolasining tiplari. Paxta tolasi uzunlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 8-jadvaldagi me’yorlarga muvofiq 9 ta; 1a, 1b, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tiplarga bo‘linadi. Har xil ko‘rsatkichlar bo‘yicha tipini aniqlashda farqlar kelib chiqqan holda yuqori o‘rta uzunlik (UHM) mm da ustuvor mavqeda bo‘ladi.

    1. jadval




Tipi

Yuqori o‘rtacha uzunlik (UHM)

Shtapel uzunligi

Solishtirma uzilish kuchi (Str)I va II navlar
uchun cH teks

Mm

Duym

(Staple)

1a

33,7-34,3

1,33-1,35

1,11/32

43

29,4-34,3 (30,0-
35,0)

1b

32,9-33,6

1,30-1,32

1,5/16

42

1

32,2-32,8

1,24-1,26

1,1/4

40




2

31,4-32,1

1,24-1,26

1,1/4

40

3

30,7-31,3

1,21-1,23

1,7/32

39




29,9-30,6

1,18-1,20

1,3/16

38

4

28,9-29,8

1,14-1,17

1,5/32

37

23,0-27,8




28,1-28,8

1,11-1,13

1,1/8

36

(23,5-28,4)

5

27,4-28,0

1,08-1,10

1,3/32

35







26,2-27,3

1,05-1,07

1,1/16

34




6

25,8-26,5

1,02-1,04

1,1/32

33




7

25,1-25,7

0,99-1,01

1

32




1a, 1b, 1,2 va 3 tipdagi paxta tolalari uzun tolali 4, 5, 6 va 7 tipdagilari esa o‘rta tolali paxta navlariga kiradi.


Maxsus sinov usullari yordamida aniqlanadigan paxta tolasi tipi
ko‘rsatkichlarining ta’riflari III.1-jadvalida keltirilgan.
Paxta tolasining navlari. Har bir tipdagi paxta tolasi rangi, tashqi ko‘rinishi va dog‘lariga qarab 9-jadvaldagi ko‘rsatilgan talablarga va tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq beshta navga bo‘linadi: Birinchi (1), Ikkinchi (2), Uchinchi (3), To‘rtinchi (4) va Beshinchi (5).
O‘rta tolali paxta Birinchi (1) va Ikkinchi (2) navlar uchun mikroneyr ko‘rsatkichining asosiy diapazoni 3,5-4,9 chegarasida bo‘lishi kerak. Mikroneyr ko‘rsatkichi 4,9 dan yuqori yoki 3,5 dan past bo‘lsa, belgilangan tartibda narxi kamaytiriladi.
Maxsus sinov usullari yordamida aniqlanadigan paxta tolasi navi ko‘rsatkichlarining ta’riflari 8-jadvalola keltirilgan.



    1. jadval




Sanoat

Tolaning tiplari bo‘yicha rangi va tashqi ko‘rinishi

navi




4-7

I

Oq yoki tabiiy nimrang oq tusli yoxud paxtaning seleksion navi yoki o‘stiriladigan hududiga bog‘liq bo‘lgan nimrang.
Ipaksimon, yaltiroq va zich ko‘rinishda

Oq yoki tabiiy nimrang oq tusli

II

Xira oq rangdan to nimrang tusgacha va katta bo‘lmagan sariq dog‘li, yarqiroqligi, ipaksimonligi va qalinligi birinchi navga
nisbatan pastroq

Xira oq rangdan och sariq dog‘li nimranggacha

II

Xira oq rangdan to nimrang tusgacha yoki sariq dog‘lari bo‘lgan notekis sarg‘ish ranggacha. Kulrangroq tusli, deyarli
yaltiramaydi

Xira oq rangdan sariq dog‘li nimrang, sarg‘ish ranggacha, nursiz,
kulrangroq tusli

IV

Sariq yoki kulrang aralashgan notekis
sarg‘ish tusli va qo‘ng‘ir dog‘li. Yaltiroqligi yo‘q

Xira oq rang va nim- rangdan kulrang tusli sarg‘ish nimranggacha
va qo‘ng‘ir dog‘li

V

Qo‘ng‘ir rangdan to dog‘li sariq ranggacha. Kulrang

Xira oq yoki hira nim- rangdan qo‘ng‘ir dog‘li yaqqol sariqqacha.
Kulrang

Yüklə 326,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin