Pascal va C++ dasturlash. Yusufov O



Yüklə 296,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix08.04.2023
ölçüsü296,57 Kb.
#95111
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
pascal va c dasturlash tillarini qiyosiy tahlil qilish metodikasi

II B
О
B. C++ dasturlash tili va uni Pascal dasturlash tili 
bilan qiyosiy tahlil qilish 
1-§.C++ tilida dasturlash texnologiyasi 
C ++ tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi:
- katta va kichik lotin alfaviti harflari; 
- raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9; 
- maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *
Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi: 
- identifikatorlar
- kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar;
- o‘zgarmaslar; 
- amallar belgilanishlari
- ajratuvchilar. 
Identifikatorlar va kalit so‘zlar:Programmalash tilining muhim tayanch 
tushunchalaridan biri identifikator tushunchasidir.
Identifikator- deganda katta va kichik lotin harflari, raqamlar va tag chiziq ('_') 
belgilaridan tashkil topgan va raqamdan boshlanmaydigan belgilar ketma-ketligi 
tushu-niladi. Identifikatorlarda harflarning registrlari (katta yoki kichikligi) hisobga 
olinadi. Masalan, RUN, run, Run - bu har xil identifikatorlardir. Identifikator 
uzunligiga chegara qo‘yilmagan, lekin ular kompilyator tomonidan faqat boshidagi 32 
belgisi bilan farqlanadi. 
Identifikatorlar kalit so‘zlar, o‘zgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va boshqa 
obyektlarni nomlashda ishlatiladi. 
C++ tilining kalit so‘zlariga quyidagilar kiradi: 
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, 
do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, 
mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, 
static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, 
virtual, void, volatile, while.


27 
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin 
emas. 
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi so‘zlar ishlatiladi: 
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BN, _BL, _BX, _EVX, _CL, _CN, _CX, 
_ESX, _DN, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESR, EBP, _FS, __GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, 
__BP, SP, DS, _ES, SS, _FLAGS. 
Bulardan tashqari «_» (ikkita tag chiziq) belgilaridan boshlangan 
identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli '_' va «_» belgilarni 
identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan maqul. Identifikator belgilar 
orasida probel ishlatish mumkin emas, zarur bo‘lganda uning o‘rniga '_' ishlatish 
mumkin: silindr_radiusi, aylana_diametri. 

Yüklə 296,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin