Chaqaloq harakatlarining boshqarilishi shakllanayotganligi 2-3 haftada
seziladi. U yaltiroq narsalarga nigohini qarata boshlaydi. Keyin uning tepasida
siljitilayotgan o’yinchoq tomon boshini buradi. Bu bo’yin muskullarining
harakati koordinatsiyalanishi boshlanganligidan dalolat beradi. 1,5 oylik bola
boshini tik tutadi. Keyin qo’llar harakati koordinatsiyasi shakllanadi. Endi bola
qo’lini ko’zi, burniga yaqinlashtiradi, ularni ishqalaydi.
3-3,5 oylik bola qo’lini, ustiga yopilgan choyshabni paypaslaydi. Maqsadli
harakatlar shakllanishi boshlanib, bola o’yinchoqlarni ikki qo’li bilan ushlashga
o’rganadi. Keyin (12-13 haftada) faol harakatlar qilib, o’zi o’yinchoqni qo’liga
olishga urinadi. Ammo, faqat 5 oyga to’lgan bolaning qo’lini cho’zib, biror
narsani ushlashi katta yoshdagi odamning shunday harakatlariga o’xshaydi.
Binobarin, bu vaqtda ham bolaning harakatlarida xususiyatlar bo’lib, ularning
harakatlarini boshqarilishi hali ham takomil emasligini ko’rsatadi. Qo’lning
biror narsani changallasga qaratilgan harakati vaqtida ikkinchi qo’l han shunday
harakat qiladi, bolaning oyoqlari ham harakatlanib, og’zi ochiladi.
Demak, bu davrda MNT da qo’zg’alish keng tarqalishiga (irradiatsiyaga)
uchraydi, antogonist va qarama-qarshi qo’l muskullari markazlarida payvasta
tormozlanish yaxshi rivojlanmagan bo’ladi.
7-8 oylik bola harakat analizatorining faoliyati ko’ruv analizatoriniki bilan
monandlashadi. Natijada narsani changallashga qaratilgan harakat oydinlashadi.
Bir yoshga to’lgan bola narsani qo’liga panjalarini bukib, katta yoshdagi
odamdek olishga o’rganadi.
Olti oylik bola mustaqil (kattalar yordamisiz) o’tiradi. Bu oyoq va orqa
muskullar harakati koordinatsiyalashganidan dalolat beradi.
Odatda bola 8-9 oydan yura boshlaydi. Bu vaqtga kelib, u tik turib, karavot
chetini ushlab (yoki boshqa narsaga suyanib), harakatlanadi. Ko’pincha bir
yoshga to’lgan bola o’zi yurib ketadi.
Harakatlarning takomillashishi ko’p yillar davom etadi. Bu jarayon
boshqaruv mexanizmlarining rivojlanishiga bog’liq. Unga harakatlarning
takrorlanishi kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Harakatlarni tarbiyalash, jumladan badantarbiya bilan shug’ullanish,
ko’nikmalar hosil qilish va bolaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: