O’sish jarayonida neyronlar o’rtasidagi aloqalar murakkablashadi, neyron
halqalari va to’rlari takomillashadi, MNT dagi sinapslar soni bir necha o’n marta
ko’payadi.
MNT ning asosiy faoliyat ko’rsatish shakli refleksdir. Reflektor faoliyatning
shakllanishi refleks yoyi tuzilmalarining yetarli darajada rivojlanishini talab
qiladi. Endi tug’ilgan chaqaloqda yangi sharoitga moslashib hayot kechirish
uchun zarur bo’lgan refleks yoylari faoliyat ko’rsatishga tayyor bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bolalarda emish, yutish, qovuq hamda to’g’ri ichakni
bo’shatish reflekslari yaxshi rivojlangan. Nafasni boshqarishda muhim bo’lgan
Gering va Breyer refleksi yaqqol namoyon bo’ladi. Demak, chaqaloqlarda bu
davrda organizm faoliyatlari mo’tadil bo’lishini ta’minlovchi bir guruh
reflekslar yaxshi shakllangan.
Klinik ahamiyatga ega bo’lgan - tirsak, tizza va Axill reflekslari chaqaloq va
emizikli bolalarda kuchaygan.
Yangi tug’ilgan sog’lom bolalarda “chaqaloq reflekslari” nomini olgan bir
guruh reflekslar kuzatiladi. Bularning asosiylari: xartum refleksi, Robinson
refleksi, Moro refleksi, Bauerning emaklash refleksi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: