O’sish jarayonida muskul qisqarishi tezlashishining sababi ikkita.
Birinchidan, qisqarishni ta’minlovchi aktin va miozin oqsillarining o’zaro
ta’sirlanishi tezlashadi va aktomiozin kompleksining faol holda bo’lish vaqti
qisqaradi. Ikkinchidan, miofibrillarda sarkomerlar soni ko’payadi. Natijada
qisqarishga sarflanadigan vaqt kamayadi.
Muskullar faoliyatidagi yoshga bog’liq farq ulardagi ba’zi biokimyoviy
jarayonlarning
xususiyatlaridadir.
Chaqaloq
muskullarida
oksidlanish
jarayonlari ustunroq. Bundan oksidlash fermentlarining yuqori faolligi va
mioglobinning ko’pligi dalolat beradi. Katta yoshdagi odamlar muskulida
glikolitik fermentlar (fosforilaza, sut kislotasi degidrogenazasi) faolligi yuqori.
Ularda muskul qisqarishi glikolitik jarayonlar hisobiga energiya bilan
ta’minlanadi.
Muskullarning kuchi bolaning o’sishi bilan bog’liq holda ortib boradi. Uch
yashar bola o’ng qo’l kaftining dinamometr yordamida aniqlangan kuchi 4,0-4,5
kg. Besh yoshda bu ko’rsatkich 5,1-5,5 kg gacha ko’payadi, o’n yoshda 12,0-
15,0 kg ga yetadi va o’n besh yoshda 30,0-32,0 kg ni tashkil qiladi.
Turli guruhlarga mansub muskullar kuchining ortish vaqti va darajasida farq
kuzatiladi. 6-7 yoshda tana, son va oyoq kaftini bukuvchi muskullar kuchi eng
ko’p miqdorda ortadi. Bola 9-11 yoshga yetganda ko’rsatilgan muskullarning
antogonistlari bo’lgan tana, son va oyoq kaftini yozuvchi muskullar kuchi
sezilarli darajada ko’payadi. 16-17 yoshda turli muskullar kuchidagi nisbat
kattalarnikiga o’xshaydi.
Muskullar kuchining ortish jadalligida jinsga bog’liq farq kuzatiladi. 7-8
yoshgacha o’g’il va qiz bolalarning turli guruhlardagi muskullari kuchida
deyarli farq bo’lmaydi. 8-9 yoshda o’g’il bolalarda tanani yozuvchi muskullar
qiz bolalarnikidan kuchliroq bo’ladi. Ammo 10-12 yashar qizlarning bel kuchi
o’g’il bolalarnikidan ortadi. Keyin o’g’il bolalarning muskul kuchi tezroq oshadi
va 15 yoshda deyarli barcha muskullarning kuchi qiz bolalarnikiga nisbatan 30
% cha ko’p bo’ladi.
Ontogenezda muskullar faoliyatining takomillashishi, birinchi galda,
boshqaruv mexanizmlarining rivojiga bog’liq. Ammo bola harakatlarini
tarbiyalash, badantarbiya va bolaning imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda
mehnat qilish, ko’nikmalar orttirish bu jarayon uchun katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: