13
Milliy gvardiya organlarida davlat sanitariya va yong‘in nazoratini,
shuningdek transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga
oshirish;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotdan foydalanish;
Milliy gvardiyada axborotni kriptografik himoya qilish, maxsus aloqa,
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni himoya qilish,
shu jumladan hisoblash texnika vositalarida (axborotlashtirish vositalarida)
ishlov berish chog‘ida, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan
o‘tkazish, davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotni texnik jihatdan himoya qilish, axborot xavfsizligi, maxfiy
axborot xavfsizligi sohasida faoliyatni va nazoratni amalga oshirish,
shuningdek Milliy gvardiya organlari faoliyatining mazkur sohalarida
tekshiruvlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi axborotga ishlov berish va uni texnik jihatdan himoya qilish chog‘ida
foydalaniladigan axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni
texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga, shuningdek
axborotlashtirish obyektlarining Milliy gvardiya organlaridagi axborot
xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiya o‘tkazishga doir
faoliyatni amalga oshirish;
Milliy gvardiya tizimida o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyatni
amalga oshiruvchi bo‘linma va boshqa tuzilmalar (jangovar bo‘linma va
tuzilmalar bundan mustasno) tashkil etish.
Milliy gvardiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: