Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Risola nomi

Bahr

 ning 

kel

-

tirilish o

‘rni

Bahr mansub 

doira

Musamman 

vazn

 lar

Musaddas  vaznlar

Murabba’

 

vaznlar

Mutatav

-val 

vaznlar

Jami

«Funun ul-balog‘a»

3

8

3



1

1

13



«Mezon ul-avzon»

3

Mu’talifa



7

4

2



1

14

«Aruzi Sayfiy»



3

Mujtaliba

12

7

­



­

19

«Risolai aruz»



3

Mu’talifa

7

5

2



­

14

«Aruz risolasi»



5

Mujtaliba

38

13

6



2

59

«Badoyi’ us-sanoyi’»



8

Mujtaliba





Ҳасанов С. Бобурнинг «Аруз рисоласи». – Тошкент: Фан, 1981. – Б.77.



Biz  temuriylar  davrida  yaratilgan  aruzga  doir  risolalarda 

bahrlar masalasini qiyosiy jihatdan o‘rganish asnosida quyi-

dagi xulosalarga keldik:

1. Xalil ibn Ahmad yaratgan aruz tizimida 15 ta bahr (Ta-



vil, Madid, Basit, Vofir, Komil, Hazaj, Rajaz, Ramal, Sari’, Mun-

sarih, Muzori’, Xafif, Muqtazab, Mujtass va Mutaqorib) mavjud 

edi, keyinchalik uning izdoshi Abulhasan Axfash Balxiy ush­

bu bahrlar qatoriga yana bir bahr (Mutadorik)ni qo‘shib, arab 

bahrlari sonini 16 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich arab tilida un­

dan  keyin  yaratilgan  manbalar:  Mahmud  Zamaxshariyning 

«Al-qistos», Abu  Zikriyo  Xatib  Tabriziyning  «Al-kafi  fil  aruz 

val qavofiy», Abu Jaysh al-Ansoriy Andalusiyning «Aruzi An­

dalusiy» va boshqa asarlarda aynan takrorlandi. 

2.  Forsigo‘y  aruzshunoslar  Xalil  ibn  Ahmad  ta’limoti­

ni  mukammalashtirib,  bahrlar  sonini  ko‘paytirdilar.  Bahrom 

Sa  raxsiy,  Buzurgmehr  Qosimiylar  aruzning  yangi  bahrlarini 

kashf etdilar. Bizgacha yetib kelgan aruzga doir ilk forsiy asar 

«Al-mo‘jam»da mavjud 16 ta bahrga yana uchta bahr (G‘arib, 

Qarib, Mushokil) qo‘shilib, 19 ta bahr tahlilga tortilgani hol­

da, risolada aruzshunoslar kashf qilgan 21 mustahdas (yangi) 

bahrlar haqida ham aytib o‘tiladi.

3.  Nasiriddin  Tusiyning  «Me’yor  ul-ash’or»  asarida  18 

bahr keltirilgan bo‘lib, unda avvalgi risolada tilga olinmagan 

Maqlubi  tavil  bahrining  berilishi  hamda  Mushokil  va  G‘arib 

bahrlarining  tushib  qoldirilishi  muallifning  ushbu  masalaga 

o‘z salafidan ayri munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. 

4.  Temuriylar  davri  aruzshunosligida  bahrlar  miqdorini 

keltirishda  har  xilliklar  bor.  Shayx  Ahmad  Taroziy  o‘z  riso­

lasida bahrlar sonini 40 ta deb ko‘rsatsa, Abdurahmon Jomiy, 

Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy va Sayfiy Buxoriylar ular-



88

89

ning miqdorini umumiy ma’noda 19 ta deb belgilaydilar. Ular 



orasida Abdurahmon Jomiy masalaga bir oz o‘zgacharoq yon­

dashib, «Risolayi aruz»da 14 bahrni misollar bilan izohlaydi, 

arab aruziga xos bo‘lgan Tavil, Komil, Basit, Madid, Vofir bahr­

lariga keng to‘xtalib o‘tirmaydi. Boburning «Aruz risolasi»da 

esa ushbu bahrlarga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr (Ariz 

va  Amiq)  tadqiq  qilingan.  Ushbu  risolalardan  faqat  «Aruzi 

Sayfiy»da bahrlarning lug‘aviy ma’nolariga ham to‘xtalib o‘ti­

ladiki, bu bevosita risolaning qo‘llanma xarakteriga ega ekani 

bilan bog‘liq. 

5.  Shayx  Ahmad  Taroziyning  «Funun  ul-balog‘a»  asarida 

nomi  keltirilgan  40  ta  bahrdan  20  tasi  aruzshunoslikka  doir 

boshqa  forsiy  va  arabiy  manbalarda  uchramaydi.  Bu  holat 

ushbu bahrlarning mumtoz aruzshunoslik uchun ham yangi 

ekanligini va ularning aksariyatini muallifning o‘zi kashf et­

ganligini ko‘rsatadi. 

6. Shayx Ahmad Taroziy bahrlarni ikki katta guruh: mut­

tafiq  ul-arkon  hamda  muxtalif  ul-arkonga  ajratishda  vatan­

doshimiz  Mahmud  Zamaxshariyning  «Al-qistos»  asaridagi 

tasnifga suyanadi. Bu tasnif keyinchalik Bobur risolasida ham 

istifoda etilgan.

7. «Funun ul-balog‘a»da muxtalif ul-arkonga kiruvchi bahr-

ni  hosil  qilishda  juftlashtirish  (uxti)  tamoyiliga  amal  qilish 

lozimligi ta’kidlanadi, unga ko‘ra yangi bahr hosil qilinganda 

ushbu bahr ruknlari o‘zidan avvalgi bahr ruknlarining aksini 

takrorlashi lozim, agar bu shart ado etilmasa, u bahr sifatida 

tan olinmaydi. Bu tamoyil temuriylar davridagi boshqa risola­

larda kuzatilmaydi. 

8. Aruzshunoslik tarixida maf’uvlotu asliy rukni bahr yasa­

maydi degan qat’iy qarash mavjud edi. Shayx Ahmad Taroziy 

ushbu  asliy  rukndan  Saqil  bahri  hosil  bo‘lishini  asoslab,  o‘z 

risolasida ushbu bahrning ikki vaznini keltirdi va Saqil bahrini 

aruz nazariyasiga olib kirdi. 

9. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida 19 bahr, 

160 ta vazn keltirilgan. Navoiy o‘z risolasida tayanch manba 

sifatida Abdurahmon Jomiyning «Risolayi aruz» asaridan foy­

dalangani uchun aruzshunoslikda mavjud an’anaviy 19 bahr­

gagina to‘xtalib o‘tadi.

10.  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  «Aruz  risolasi»da 

an’anaviy 19 bahrga qo‘shimcha tarzda yana ikki bahr (Ariz va 

Amiq), jami 21 bahr keltirilgan. Shunga binoan uning asarida 

9 doira, 537 vazn tahlil qilingan.

11. Shayx Ahmad Taroziy asarida keltirilgan Javil bahri Za­

hiriddin  Muhammad  Bobur  keltirgan  Ariz  bahri  bilan,  Jadid 

bahri Amiq bahri bilan tarkiban bir xil bo‘lib, ular manbalarda 

turli nomlar bilan atalgan. 

12.  Aruz  tizimi  urg‘u  bilan  bog‘liq  she’riy  o‘lchov  bo‘lib, 

unda  so‘z  urg‘usi  emas,  balki  rukn  urg‘usi  yetakchilik  qiladi 

va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun rit­

mik urg‘u deb ataladi. Mumtoz aruzshunoslikda garchi urg‘u 

alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalav­

vun hodisasining temuriylar davridagi risolalarda qayd etili­

shi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa 

ega  ekanini  va  mumtoz  aruzshunoslarimizning  aruzni  urg‘u 

bilan bog‘liq holda talqin qilganini ko‘rsatadi.

Umuman  olganda,  ijodkorlarning  aruz  ilmiga  doir  risola­

larini bahrlar va vaznlar misolida qiyosiy o‘rganish natijalari 

turkiy  aruzshunoslik  temuriylar  davrida  o‘zining  tadrijiy 

takomiliga yetganligini ko‘rsatadi.



90

91


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin