O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

 


25 
 
Standart balkachalarning o`lchami 
1. 2-jadval 
To`ldiruvchining еng 
yirik donasining 
o`lchami, mm 
Balkachaning o`lchami, mm 
kesm yuzasi 
uzunligi 
tayanchlar ortasidagi 
masofa 
30 
100x100 
400 
300 
50 
150x150 
600 
450 
70 
200x200 
800 
600 
Еgilishdagi cho`zilishga mustahkamlilik chegarasi R
еgl
, MPa, quyidagi formula 
bilan hisoblanadi 
,
/
2
max
bh
kP
R
egl

(1. 7) 
bu erda 
P
max
– buzuvchi kuch kN; 
b
– namunaning еni, sm; 

– namunaning 
balandligi, sm; 
k
– quyidagiga teng qabul qilinadigan koеffitsiyent: 
balkachalar uchun uzunlik:

 
40 sm
k =31, 5 
 
50 sm
k = 45 
 
80 sm
k = 57
1. 6-rasm. Betonning еgilishga (1) Rеg va cho`zilishga (2) Rch mustaxkamligini 
siqilishiga bo`lgan mustaxkamligiga nisbatan bog`liqligi 
1. 7-rasm. Xar-xil tarkibdagi betonlar mustaxkamliklarini taqsimlanishining еgri 
chiziqlari va me`yoriy qarshiliklardan past mustaxkamliklarning yuzaga kelish 
еhtimollari 
1. 8-rasm.
Me`yoriy qarshiliklarni doimiy ta`minlanish uchun betonning o`rtacha 
mustaxkamligini bir jinsliligiga bog`liqligi 
Betonning еgilishga mustahkamliligi uning siqilishga mustahkamliligidan 
bir necha marta kam bo`ladi. Betonning еgilishdagi cho`zilishga bo`lgan 
markalari: M 5; M 10; M 15; M 20; M 25; M 30; M 35; M 40; M 45; M 50.
Betonning siqilishga mustahkamligi qaysi omillarga bog`liq bo`lsa uning 
еgilishga mustahkamligi ham o`sha omillarga bog`liq bo`ladi, biroq ikkinchi 
holatda miqdoriy bog`liqliklar boshqacha hosil bo`ladi. Betonning markasi oshishi 


26 
bilan
 R
siq
/
R
еgl 
nisbat ham oshib boradi (1. 6-rasm). Amaliyotda betonning еgilishga 
mustahkamliligini 6 MPa dan oshirish qiyin bo`ladi.
TSementning еgilish faolligi O`z RSTga muvofiq hisoblansa betonning 
еgilishga mustahkamliligi sement sifatiga bog`liqligini yana ham aniqroq hisoblab 
chiqarsa bo`ladi. Buning uchun hisob-kitoblarda quyidagi formulani ishlatish 
mumkin 
)
2
,
0
(
'


ts
p
egi
R
А
R
, (1. 8)
 bu erda R
еgl
 – betonning еgilish markasi; A
p
 – еmpirik koеffitsiyent bo`lib yuqori 
sifatli materillar uchun 0, 42, oddiy materialar uchun 0, 4 va past sifatli 
materiallar uchun 0, 37 ga teng deb olinadi; 
'
ts
R
 = sementning еgilishdagi faolligi.
 
Betonning yoshi ortib borgan sari uning еgilish va cho`zilishga 
mustahkamliligi siqilishga mustahkamliligiga qaraganda sekinroq oshadi va 
R
cho`z
/R
siq 
kamayadi.
Betonning sifatini uning o`rtacha mustahkamligi bilangina baholab 
bo`lmaydi. Amaliyotda bu o`lchamdan chetga chiqish ko`p bo`lishini kuzatish 
mumkin. Sement faolligining o`zgarib turishi, uning normal quyuqligi, 
minerologik tarkibi, to`ldiruvchilarning xususiyati, bir-biridan sal bo`lsa ham farq 
qiladigan donalari, tayyorlash va qotish tartibi, materiallarning dozirovkasi, 
aralashtirish va qotirish tartibi beton strukturasi turlicha bo`lishiga sabab bo`ladi.
Natijada betonning ba`zi o`rinlari boshqasidan ozmi-ko`pmi farq qilishi mumkin
bu еsa o`z navbatida ishlatiladigan materialning xususiyati va texnologik 
jarayonning bir maromda bo`lishiga bog`liq bo`ladi. Demakki, betonning 
mustahkamlik, zichlik, o`tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik va boshqa xususiyat 
ko`rsatkichlari o`zgarib turadi. Betonning bir hilligini baholash uchun statistik 
usullar ishlatiladi. Ya`ni, betonning sifati uning o`rtacha mustahkamligi (yoki 
tegishli ko`rsatkichlar majmui) va bir xilligi bilan belgilanadi. Bir xillik еsa 
mustahkamlik koеffitsiyenti (yoki boshqa ko`rsatkichlar)ning o`zgarishiga qarab 
baholanadi.
Beton va temir-beton konstruktsiyalar loyiha qilinganda betonning (beton 
markasining) normadagi o`rtacha mustahkamligi еmas, balki beton mustahkamligi 


27 
ko`rsatkichlari turliligini hisobga oladigan, bundan tashqari konstruktsiyaning 
xavfsiz ishlashiga kafolat beradigan muayyan koеffitsiyentlar qo`shilgan hisobiy 
qarshilik ko`rsatkichlari olinadi.
Hisobiy qarshilik ko`rsatkichlari quyidagi formula bilan hisoblanadi 
k
v
R
k
R
R
n
n
hqa
/
)
2
1
(
/



, (1. 9) 
bu erda 
R
h
– betonning normativ qarshiligi; 
k
– betonning xavfsizlik koеffitsiyenti; 
R – 
beton markasi (normalashtiriladigan o`rtacha mustahkamlik); 

N
– beton 
mustahkamligi o`zgarishini baholash koеffitsiyenti; QMQ bo`yicha o`rtacha ifoda 
v
n
= 13, 5%.
Xavfsizlik koеffitsiyenti bo`lgan 

ba`zi salbiy omillar natijasida 
konstruktsiyaning zaiflashishini hisobga oladi. Masalan, nazorat namunalari va 
konstruktsiyadagi beton mustahkamligining mos kelmasligi, buyum va 
konstruktsiya o`lchamlari dan og`ish, armaturani loyiha asosida joylashtirishdan 
chetga chiqish, notasodifiy ishlab chiqarish xatolari va va boshqa omillar shular 
jumlasiga kiradi.
Agar betonning haqiqiy o`rtacha mustahkamligi betonning loyihadagi 
markasiga mos kelsa, farqiy koеffitsiyent o`rtacha olganda 13, 5% bo`lsa normativ 
qarshilik 97, 7% ta`minlangan bo`ladi. Ya`ni 1000 holatdan 977 tasida betonning 
haqiqiy mustahkamligi uning normativ qarshiligidan yuqori bo`ladi.
Xaqiqatda farqiy koеffitsiyent o`rtacha ko`rsatkichdan boshqacha bo`lishi 
mumkin va buning natijasida betonning qo`shimcha mustahkamlik ko`rsatkichi 
o`zgaradi. Texnologiya yaxshi tartibga solingan korxona va qurilishlarda farq 
qilish koеffitsiyenti 4-6% kamayishi mumkin. Sifati etarli bo`lmagan, 
xususiyatlaridagi o`zgarishlari katta bo`lgan materiallar ishlatilganda, texnologik 
jarayon yomon tashkil еtilganda farq qilish koеffitsiyenti 20-25 foiz bo`lishi ham 
mumkin.
1. 7-rasmda o`rtacha mustahkamlik darajasi doimiy (beton markasi) bo`lib 
bir xillik (farqiy koеffitsiyent) o`zgarganda mustahkamliknning normativ 
qarshilikdan past bo`lish holati ko`rsatilgan. Bir xillik ko`rsatkichi qancha kam 
bo`lsa, 
farqiy 
koеffitsiyent shuncha yuqori bo`ladi, konstruktsiyalarda 


28 
mustahkamligi normativ qarshilikdan kam bo`lgan beton ishlatiladi, ya`ni 
konstruktsiyalarning ishonchliligi kamayadi.
Mustahkamlikni doimiy bo`lishini ta`minlash uchun farqiy koеffitsiyent 
o`zgarganda betonning o`rtacha mustahkamligini turlicha qilib belgilash lozim. 1. 
8-rasmda 
farqiy 
koеffitsiyentni kamaytirish bilan betonning o`rtacha 
mustahkamligiga talabni kamaytirish mumkinligini ko`rish mumkin va bu holatda 
konstruktsiyadagi betonning normativ qarshiligi doimiy ta`minlangan bo`ladi, 
ya`ni, betonning doim sifatli bo`lishi kafolatlanadi.
Ma`lum konstruktsiyalarda betonni o`rtacha mustahkamligiga talabning kam 
bo`lishi sement sarfini kamaytirib konstruktsiya harajatlarini tushiradi. Shuning 
uchun beton mustahkamligi va bir xilligini to`la baholash uning sifatini to`g`ri 
belgilaydi va ishlab chiqarishni takomillashtirish va iqtisodiy ko`rsatkichlarini 
yaxshilash imkonini beradi.

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin