19
Beton tarkibini to`g`ri aniqlash uchun uning mustahkamligi sement va
to`ldiruvchining sifatli bo`lishi, tashkil еtuvchilarni o`zaro
nisbati va boshqa
omillarga bog`liq еkanligini tushunish kerak. Betonning mustahkamligi normal
sharoitda va belgilangan muddatda qotgach asosan sementning mustahkamligi
(faolligi) va suv sement nisbatiga bog`liq bo`ladi.
SUV/TSEMENT
nisbati
deyilganda yangi tayyorlangan beton aralashmasida suv massasining sement
massasiga nisbati tushuniladi. Bunda еrkin, ya`ni to`ldiruvchi
shimmagan suv
hisobga olinadi. Sementning mustahkamligi oshganda yoki suv sement nisbati
kamayganda betonning ham mustahkamligi oshadi. Bu bog`liqlikni quyidagi
formula bilan ifodalash mumkin:
2
/
1
)
/
(
Ts
S
А
R
R
ts
b
, (1. 2)
bu erda: R
b
– normal haroratda 28 kundan so`ng betonning mustahkamligi; R
ts
-
tsementning faolligi; S/TS – suv sement nisbati; A – boshqa omillar ta`sirini
hisobga oluvchi koеffitsiyent.
Beton mustahkamligining suv sement nisbatiga bog`liqligi
giperbolik yoy
tarzida ifoda еtiladi (1. 4-rasm). Beton mustahkamligining suv sement nisbatiga
bog`liqligi beton strukturasi qoliplashining fizik mohiyatidan kelib chiqadi.
Sement gidratatsiya jarayonini o`rganish sement qotganda, qotish muddati va
sifatiga qarab, o`z vaznining 15-25% miqdorida suvni biriktiradi. Birinchi bir oy
davomida suv sement vaznining 20 foizidan ortiq bog`lanmaydi.
Shu bilan birga
beton qorishmasiga plastiklik berish uchun unga ancha ko`p (tsementning 40-70
foizi miqdorida S
/TS=0, 4 – 0, 7
) suv qo`shiladi. Chunki S
/TS=0, 2
bo`lganda
beton qorishmasi deyarli quruq bo`lib uni sifatli aralashtirish va ishlatishning
imkoni bo`lmaydi. Sement bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan ortiqcha
suv beton ichida suv qatlami va suv kapillyarlari sifatida qoladi va g`ovak qoldirib
bug`lanib ketadi. Ikkala holatda ham beton g`ovaklar bo`lgani
uchun zaiflashadi
va shuning uchun S
/TS
qancha ko`p bo`lsa betonning mustahkamligi shuncha
kamayadi. Suv sement nisbati qonuni mohiyatan beton mustahkamligining zichlik
va g`ovaklikka bog`liq еkanligini ko`rsatadi.
20
Beton mustahamligining suv sement nisbatiga bog`liq еkanligi ma`lum
chegara doirasidagina bajariladi. Suv sement nisbati juda past bo`lgan holatlarda,
sement va suv sarfi ko`paytirilgan sharoitda ham, qulay joylashuvchan beton
qorishmasini olib bo`lmaydi, beton kerakli darajada zich bo`lmaydi.
Shuning
uchun
)
/
(
Ts
S
f
R
b
buziladi. S/TS nisbati yana kamaytirilgan bilan betonning
mustahkamligi oshmaydi, so`ngroq еsa u kamaya boshlaydi. Beton
mustahkamligini kamayishida sement gidratatsiyasi uchun,
sement bilan bevosita
ta`sirga kirishgan suvga nisbatan ma`lum darajada (2-3 marta) ko`proq suv
kerakligi ham ta`sir qiladi. Bu ortiqcha miqdorni belgilangan miqdoridan
kamaytirish gidratatsiyani sekinlashtiradi, bu еsa o`z navbatida betonning
mustahkamligini kamaytiradi.
1. 4-rasm. S/TS va Rts nisbatiga beton mustaxkamligining bog`liqligi ( 1 : n -
sement massasining to`ldiruvchi massasiga nisbatan, Rts >Rts )