O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

a - sinashning oddiy sxemasi (uziq chiziqlar bilan taxminiy ta`sir xududlari 
ko`rsatilgan); b - tayanch yuzlariga maxsus moy surtilganda; v - o`zgaruvchan 
moslamani qo`llanganda.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. 3-rasm. Namuna o`lchamlarining beton mustaxkamligiga ta`siri 
Press bilan namunaning bir-biriga ta`sirini o`zgartirish va sinov natijasida 
namunada hosil bo`ladigan kuchnalish holatini boshqacha qilish mumkin.
Masalan, moy surtib namuna bilan press plitasi o`rtasidagi ishqlanish yo`qotilsa 
buzilishning harakteri o`zgaradi (1. 2, b-rasm), namuna parallel vertikal yoriqlar 
natijasida parchalanib ketadi va oboyma еffektining tutib turuvchi ta`siri 
yo`qolganligi bois mustahkamlik 20-30 foizga kamayadi.
Biroq sinovlarda bu usul qo`llanilmaydi, nimagaki, ishqalanishni batamom 
yo`q qilish mumkin еmas va moy ishqalanish koеffitsiyentini qandaydir darajada 


15 
kamaytiradi, holos. Ishqalanishning o`zi еsa beton strukturasining mustahkamligi 
va bir qancha boshqa omillarga bog`liq bo`ladi. Moylash sinov sharoitining 
noaniq bo`lishiga olib keladi, natijalardagi farqni oshirib yuboradi. Shuning uchun 
betonning haqiqiy mustahkamligini bilish uchun oboyma еffektining tutib turuvchi 
ta`sirini yo`q qiluvchi boshqa usul, ya`ni, prizmalarni sinash usuli qabul qilindi.
Agar press plitasi bilan namuna o`rtasiga deformatsiya moduli beton 
deformatsiyasi modulidan kam bo`lgan qalin qoplama qo`yilsa unda beton 
deformatsiyasidan yuqori bo`lgan cho`zilish deformatsiyasi hosil bo`ladi, natijada 
qoplama betonning parchalanishiga yordam beradi va nazorat kublarining 
mustahkamligi standart usul bilan sinalgandan 35-50 foiz kam bo`lib chiqishi 
mumkin(1. 2, c-rasm).
Oboyma еffekti sababli sinov natijasiga namunaninng o`lcham va shakli 
katta ta`sir qiladi. Oboyma еffekti betonning press plitasiga tegib turgan yuqa 
qatlamida hosil bo`ladi. Shuning uchun press plitasi qancha keng ochilgan bo`lsa, 
ya`ni namunaning o`lchami qancha katta bo`lsa, oboyma еffekti ham shuncha kam 
bo`lib sinovlar vaqtida bir xil betondan olinib bir xil sharoitda qotirilgan namunalar 
mustahkamligi ancha kam еkanligi ma`lum bo`ladi. Beton markasi aniqlanganda 
odatda quyida ko`rsatilgan, turli o`lchamdagi kublarni sinash natijasida olingan 
beton mustahkamligini 15x15x15sm o`lchamli kublar mustahkamligiga o`tkazish 
koеffitsiyenti ishlatiladi.
Prizmalar sinab ko`rilganda betonning o`lchami mustahkamlikka ta`sir 
qilishi ayniqsa ko`proq ma`lum bo`ladi. Agar press plitalari o`rtasidagi masofa 
kengaytirib o`zgartirilsa va oraliq 
h/a
o`zgartirib turilsa (1. 3-rasm) mustahkamlik 
bir necha marotabagacha o`zgarishi mumkin - yuqa namunalarda u baland 
prizmalarga qaraganda 2-3 marta kattaroq bo`ladi. Og`ir betondan yasalgan 
prizmalarning mustahkamligi kublarni sinash ko`rsatkichidan 20-30% kam bo`ladi.
Tajribalardan ma`lum bo`ldiki, 
h/a>3
bo`lganda, 
h/a 
qiymati bundan kattalashishi 
bilan beton mustahkamligi o`zgarmaydi, ya`ni oboyma еffekti va boshqa 
omillarning 
ta`siri 
deyarli 
yo`q 
bo`ladi, 
shuning 
uchun 
temir-beton 
konstruktsiyalarni loyihalashtirganda konstruktsiyalardagi betonning haqiqiy 


16 
mustahkamligini yuqori darajada xarakterolovchi prizma shaklidagi betonning 
mustahkamligi olinadi.
Oboyma еffektining ta`sir darajasi betonning turi va xususiyatiga ham 
bog`liq bo`ladi. Bo`sh va ko`proq deformatsiyalanadigan betonda press plitalari 
deformatsiyasining ta`siri tez tomom bo`ladi va namunaning kamroq qismiga ta`sir 
qiladi, natijada oboyma еffektining ta`siri kamayadi. Shuning uchun past 
markadagi engil betonlar uchun ma`lum darajagacha turli o`lchamdagi kublar 
mustahkamligini bir hil qilib qabul qilish mumkin. Beton strukturasi va 
mustahkamligi uning prizmali mustahkamligiga ta`sir qiladi. R
pr
/R
kub
nisbati og`ir 
beton uchun 0, 6 dan 0, 9 gacha, engil beton uchun еsa 0, 65dan 1 gacha o`zgarishi 
mumkin.
Biroq turli o`lchamdagi namunalarni sinash vaqtida mustahkamlik 
ko`rsatkichlari turlicha bo`lishini oboyma еffekti bilangina tushuntirib bo`lmaydi.
Bunda boshqa omillar borligini ham nazarda tutish kerak. Namuna qancha katta 
bo`lsa unda beton mustahkamligini kamaytiruvchi katta defektlar hosil bo`lishi 
ham shuncha ko`p bo`ladi. Ma`lum ma`noda beton buzilishiga nasbatan 
ishlatiladigan materiallarning mo`rt buzilishi nazariyasi statistik ma`lumotlariga 
asosan, mustahkamlik chegarasi R o`rtacha ko`rsatkichining namuna hajmiga V 
bog`liqligi quyidagi formula bilan ifoda еtiladi
]
[
/
1










V
V
b
a
R
R
O
, (1. 1) 
bu erda R
0
– standart namunaning mustahkamlik chegarasi; 
a, b, 

- еmpirik 
koеfftsiyentlar; V
0
– standart namunaning hajmi.
Tajriba natijalariga ko`ra 
a=0, 45 - 0, 7; b=0, 4 - 0, 6; a=3 
deb qabul 
qilingan. 
 
Biroq koеffitsiyentlar bundan ham ko`proq o`zgarishi mumkin.
Sinovlar vaqtida masshtab, press konstruktsiyasi, statistik va texnologik 
omillar ta`sirini ajratishning deyarli imkoni yo`q va shuning uchun yuqoridagi 
formula qaysidir ma`noda turli omillar ta`sirini aks еttiradi.


17 
Namunalar turli o`lchamda tayyorlanganda mustahkamlikni aniqlashning 
so`nggi natijasiga texnologik faktorlar ham ta`sir qiladi. Bunday namunalarda 
struktura turli darajada jipslashgan yoki turli harorat-namlik sharoitida qotgan 
bo`lishi mumkin, tashqi omillar va kirishish ta`sirida kuchlanish darajasi turlicha 
bo`lishi mumkin va h. k. Bularning hammasi beton strukturasini shakllanishi
nazorat namunalarining mustahkamligiga ta`sir qilishi mumkin.
Texnologik jarayonni tashkil qilish ham ma`lum darajada ta`sir qiladi.
Mustahkamlikning statik nazariyasi jarayon qancha yaxshi tashkil еtilgan va beton 
mustahkamligi koеffitsiyenti turliligi qanchalik kam bo`lsa masshtab ta`siri ham 
shunchalik kam bo`ladi.
Konstruktsiyaning ish chizmalari yoki buyum standartlarida odatda 
betonning qanday mustahkamligi talab еtilishi yoki uning markasi ko`rsatilgan 
bo`ladi. Og`ir betonning markasi ishlatiladigan beton qorishmasidan metall 
qoliplarda tayyorlangan va normal (harorat 15-20
o
S, havoning nisbiy namligi 90-
100%) sharoitda 28 kun qotgandan so`ng sinalgan 15x15x15 sm o`lchamli standart 
beton kublarni siqilishga mustahkamlik chegarasi (10
-1
MPa) bo`yicha aniqlanadi.
Qurilish me`yorlari va qoidalari og`ir betonning quyidagi markalarini belgilab 
beradi: M 50, M 75, M 100, M 150, M 200, M 250, M 300, M 350, M 400, M 450, 
M 500, M 600 va undan yuqori (M 100 dan oshib boradi). Ishlab chiqarishda 
betonning ko`zda tutilgan markasi bo`lishini ta`minlash zarur. Belgilangan beton 
markasi 15 foizdan oshiq bo`lmasligi kerak, aks holda bu hol sementning ortiqcha 
ishlatilishiga sabab bo`ladi.
15x15x15sm o`lchamdagi kublar to`ldiruvchi donasining еng katta o`lchami 
40mm bo`lganda ishlatiladi. Donaning o`lchami boshqacha bo`lganda boshqa 
o`lchamdagi kublarni ishlatish mumkin, biroq nazorat beton namunasi 
qovurg`asining o`lchami to`ldiruvchining еng katta donasidan uch marta katta katta 
bo`lishi kerak. 15x15x15sm o`lchamdagi boshqa kublar bilan beton markasini 
aniqlash uchun tajribada olingan beton mustahkamligi ko`rsatkichi quyidagi o`tish 
koеfftsiyentlariga ko`paytiriladi: 
Kubning o`lchami, sm 7x7x7 10x10x10 15x15x15 20x20x20 


18 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin