156
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga
kirib kelishining uzoq davrini boshidan kechiradi,
boshqasi tezda kirib keladi,
tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida
muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga
oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini
firma vaqt bo‘yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda
xarajatlar shuncha kam
bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g‘oyat keskin o‘sishi bilan ajralib
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. Savdo
yuqori daromadli guruhlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
SHunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo‘lsa,
ular to‘liq xarajatlar hisobiga o‘tkaziladi, ya’ni hisobdan o‘chiriladi.
O‘sish davrida tovar sotish hajmi o‘sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul
qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi.
Har qanday mahsulot bu
bosqichga etib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga uchraydi.
Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to‘lib ketadi. Narxlar tobora
arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini
davom etishi va absolyut o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish va tovar
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat
hukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruhini
kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish uslublarini kiritish intensiv
innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni
modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni
modifikatsiyalash
bo‘lib hisoblanadi.
157
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib
chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida firmaning
umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq sotishni tobora oshirib
borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning o‘tishi
qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot tayyorlashni
davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to‘xtatish
haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib
olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda
katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: