160
Tovarlar
Bozorlar
Joriy
Yangi
Joriy
Bozorga chuqurroq kirib borish
strategiyasi
Sotishni jadallashtirish
Yangi xaridorlarni qidirish
Raqobatchilarni sindirish
Tovarni iste’mol sohasini kengayishi
Bozorni rivojlantirish strategiyasi
Yangi bozorlar
Yangi sotish hududlari
Xalqaro bozorlar
Tovarni
ishlatilishini
yangi
sohalarini tuzish
Yangi
Tovarni rivojlantirish
Uz kuchi
bilan yangi tovar ishlab
chiqarish
Bitimlarni rivojlantirish
Litsenziya
Maxorat bilan ayirboshlash
Diversifikatsiya
Gorizontal
Vertikal
Konsentrik
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, firmaning ustunligini o‘sish manbalarini
o‘zashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo‘lishi mumkin:
1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;
2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4. Diversifikatsiya.
Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik.
Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o‘xshash ishlab chiqarish,
texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan
tovarlarni ishlab chiqarish
tushuniladi.
Vertikal diversifikatsiya esa, ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi
sifatida ham tovar dasturini chuqurligini o‘stirishni anglatadi. Masalan, go‘sht
mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon tovar etishtirishni va seleksiya bo‘yicha
ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni
ko‘zda tutadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga
jalb etuvchanligini
yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo‘lib iste’molchilarni tovarni ustun
ko‘rishi, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali
tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o‘sishi hisoblanadi.
161
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
tovarni qo‘shimcha imkoniyatlari;
tovardan foydalanish samaradorligi;
komfortlilik;
ishonchlilik;
tovar dizayni va stili.
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Bu
strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo‘shimcha tovarlarni ishlab
chiqarishni boshlaganda qo‘llaniladi. Diversifikatsiya
firma faoliyatida barqaror
o‘sishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining tamoyil va
uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi:
yangi tovar haqida g‘oyani qidirish;
g‘oyani tanlash;
yangi tovar g‘oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili;
tovarni ishlab chiqish;
bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish;
tovarni bozorga qo‘llash.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g‘oyani qidirish bilan
boshlanadi. Yangi tovar g‘oyani qidirishni asosi bo‘lib tovar haqidagi ichki va tashqi
g‘oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga:
savdo korxonalari, xaridor va
iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko‘rgazmalar,
tadqiqot institutlari,
ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi, ishlab
chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limini barcha qismlari,
xalqaro iktisoiy hamkorlik
bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi tovarni
rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
162
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab
chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo‘llaniladi. YAngi tovar haqida
g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida
foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi,
xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari,
tovar
markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: