145
Pozitsiyalashtirish differensiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi bo‘lib
hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979- yilda pozitsiyalashtirish
konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozitsiyalashtirish uchun
firma pozitsiyalashtirish
belgisini o‘rnatish kerak.
Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning
iste’molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir.
Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish
belgisi ikkita usuldan biri
bo‘lishi mumkin:
1)
raqobatchiga o‘xshash – bu holatda firma bozordagi raqobatchini siqib
chiqarish vazifasini hal qiladi.
2)
Noyob.
Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qo‘llab –
quvvatlash
maqsadga muvofiq:
-
Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin;
-
Bozor bir necha raqobatchilarni yig‘dirish holatidadir;
-
Firma pozitsiyalashtirayotgan tovar bo‘yicha resurs va imijga ega bo‘ladi.
Ikkinchi strategiya esa:
-firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga
ega bo‘ladi;
-noyob tovarning potensial iste’molchilarining etarli soni mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: