58
milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib
kelmasligiga bog’liq.
Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi texnologiyalar
eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga milliy korxonalarni yoqilg’i-
xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi.
v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi kapital chiqarilishi
investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa ushbu davlat tomonidan
rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon
bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa
davlat kapital chiqarilishini cheklaydi.
2. Mamlakatga olib kirish holida:
a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash uchun
texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi bilan ishlab chiqarish
va sotish huquqi importi investor sotish bozorini kengaytirishga mo’ljallangan kapital
olib kirish kabi davlat tomonidan rag’batlantirilmaydi;
b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan
bog’liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ularni ishlab
chiqarish texnologiyalari, kapital importi davlat tomonidan rag’batlantiriladi;
v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi va uning
xarajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu firmalar mahsuloti
milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini pasaytirmagan holda davlat
tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat bunday yo’nalishdagi BXIlarni
cheklaydi.
Dostları ilə paylaş: