53
qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizatsiya fondiga (firmaning normal
faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarishni
moliyalashtirishga xizmat qiluvchi maxsus fond) to’lovlarning qisqartirilgan
muddatlari kiradi. Amortizatsiya fondiga to’lovlarga soliq solinmaydi. Bundan
tashqari, ayrim davlatlar xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq
to’lashga subsidiyalar va firma xodimlari ish xaqiga subsidiyalar ajratadi.
4) Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod qilishni
ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni moliyalash, eksport
kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod qilishdan iborat.
5) Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. U erkin tadbirkorlik
hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona to’lovlarisiz ishlab
chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid qilinishi mumkin bo’lgan qabul
qiluvchi mamlakat hududining bir qismi) tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat
iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish; kontsessiyalarni (davlat
tomonidan xorijiy firmaga o’z mamlakati hududida faoliyat yuritish: foydali
qazilmalar qazib chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa
huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat preferentsiyalari,
ITTKIni qo’llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar va xizmatlar importini
ta’qiqlash; milliy valyutani devalvatsiyadan saqlash choralari; qarz kafolatlari, qoloq
mintaqalar hududida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish; xususiylashtirishda
ishtirok etishda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: