64
himoya qilish, aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhit muhofazasi maqsadlarida
kamroq tovar guruhlariga qo’llaniladi.
Evroittifoqda a’zo-mamlakatlar tashqi iqtisodiy ekspansiyaning ko’pgina
muhim instrumentlari – eksportga davlat subsidiyalari, eksport kreditlari,
eksportyorlarga turli soliq, ma’muriy va boshqa turdagi yordam ko’rsatish usullarini
qo’llashda mustaqilliklari saqlangan.
Hozirgi vaqtda YEIda sanoat mahsuloti eksportini tartibga solish asosan a’zo-
mamlakatlar siyosatini muvofiqlashtirish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi.
Eksport kreditlarini taqdim qilish sharoitlarini kelishishga alohida e’tibor beriladi.
Shu maqsadda maxsus organ – sug’urtalash, kafolatlar va moliyaviy kreditlar
sohasida siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha guruh tuzilgan, unga YEI barcha a’zo-
mamlakatlari va YEI Kengashi vakillari kiradi.
Eksportni tartibga solishning boshqa instrumentlari ko’proq: miqdoriy
cheklashlar (neft va uni xaydashdan olinadigan mahsulotlar), eksportni bevosita
ta’qiqlash va litsenziyalash (kimyo mahsulotlari, radioaktiv moddalar) kabi ma’muriy
choralar hisoblanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqishni tartibga solish xususiyatlariga
eksportni subsidiyalash kiradi: YEI qishloq xo’jalik fondi (EI yagona byudjetining
tarkibiy qismi) xarajatlarining umumiy miqdori yagona agrar siyosatni o’tkazish
uchun barcha sarflarning 20-40 % ini tashkil qiladi. Ko’p hollarda subsidiyalar
ma’lum tovarlar (galla, sut mahsulotlari) bo’yicha jahon baholaridan ancha yuqori.
Subsidiya darajasi har bir konkret holda YEI Komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: