39
III BOB STOL TENNISINI O’YIN TAKTIKASI
O’yin taktikasi
Stol tennisida о’yin taktikasi deb, aniq ritm va suratdagi zarbalar seriyasini
maqsadli qo’llash, shuningdek, aniq sharoitlarda raqibning zarbalariga qarshi
psixologik uslublarini qo’llashm tushunmoq lozim. Texnika bilan taktika o’rtasida
yaqin bogiiqlik mavjud. Qandaydir texnik uslubni qo’llash o’z-o’zidan taktik rejada
ko’rib chiqiladi. Asosiy texnik elementlar, kombinatsiyalar, ya’ni sharga qator
zarbalar berishdan iborat. Demak, uslublar qancha ko’p bo’lsa, ular yaxshi bajarilsa,
o’ylangan kombinatsiyalarni bajarish shuncha oson bo’ladi.
Tennischining taktik tayyorgarlik darajasi uning texnik mahoratiga, o’yindagi
holatni baholay olish tezligiga, voqealar rivojini oldindan ko’ra olishiga bogliq.
Zamonaviy tennisning eng kuchli vakillari texnik harakatlarning kamroq
bo’lishini ma’qul ko’radilar va ularni avtomatizm darajasiga olib boradilar. Bu esa
o’yinnmg borishiga va alohida harakatlarning paydo bolishiga qarab, bir lahzada
taktik qarorni qabul qilish va uni amalga oshirish imkonim beradi. Stol tennisida
boshqa sport turlarida bo’lgani kabi bir nechta taktik usullar mavjud. Yakka va
juftlik o’yinlar taktikasi bir-biridan farqlanadi. Quyida taktik usullar bilan tanishib
chiqamiz.
Yakka o’yin taktikasi
Tennischi hali о’yin boshlamasdan turib, raqibining о’yin va psixologik
o’ziga xosliklarini aniq tasavvur qilishi lozim. Taxnik rejani tuzayotganda,
quyidagilarni hisobga olish kerak:
❖
raqib asosiy zarbalarini qanday zonalardan va qay tarzda beradi;
❖
raqib yuqori sur’atga qanchalar chidamli va u o’zgarganda qanchalar
tez moslasha oladi;
❖
raqibning o’yiniga moslasha olish va taktikasini unga o’tkaza olish
mahorati;
❖
raqibning jismoniy tayyorgarlik darajasini zarbalar kuchini, siljishlar
tezligini, chidamliligini, shar uzatishdagi dastlabki holatini hisobga
olish lozim.
40
Shar uzatayotgan paytda boshlang’ich holatni bilish juda muhim. Raketka
qandayligi ham о’yin taktikasiga ta’sir qiladi. Qattiq rezinali raketkani raqib bilan
o’ynaganda kuchli aylanish bilan uzatishlarning effekti ham har-xil tezlikdagi
uzatishlar va sharning uchishiga qaraganda yana raketka ushlagan qo’lning aldamchi
holati ham kuzatiladi.
Hujum qilayotganning hujum qilayotganga taktikasi
Ko’pincha hujumchilar stoldagi tennischilar o’z taktikasini nakat zarbalar va
shar spinlarda tanlashadi. Bir tomonlama davomli zarbalarni qo’llovchi raqiblarga
qarshi zarbalarni uzuniga va aylanishi bo’yicha almashtirib turgan ma’qul, 2
tomonlama tez hujumlar raqibga qarshi har zarbadan yuqori aylanishni kuzatish va
kelayotgan shar stolga sakrayotgandan so’ng stol chetiga chiqayotgan paytda, kuchli
silkinishga va shu bilan birga kuchli yakunlovchi zarba va shar spinni amalga
oshirishga imkoniyat beradi.
Hujumchilar puxta o’yinni o’tkazuvchi raqibga nisbatan asosan quyidagi
taktik kombinatsiyalar qo’llaniladi:
❖
uzatilgan Shardan keyin raqib tomondan ko’tarilgan sharni tutib olish
zarurligi;
❖
xisob olish uchun yo’naltirilgan top-spinga nakat usulda shar uzatish;
❖
raqib xato qilganda xisob yutib olish;
❖
raqibdan holat yaratuvchi qisqa uzatishdan foydalanish;
❖
aylanma uzatishlarni yuqori va yon uzatishlarni qabul qilib kuchli
41
hujumga o’ta olish;
❖
zaruriy raqibdan oldin sharni uzatish zo’rg’a sharni qabul qilish.
Bunday hollarda kombinatsiyalar raqib harakatlariga bog’liq bo’ladi. Xisobni
yutib olish hujum qilayotgan o’yinchining xatosi bilan himoyalanuvchiga qulay
sharoit yaratish oqibatida yuz beradi. Himoyalanuvchi o’yinchi o’zining kuchli
hujumkor zarbasini, odatda, bir-ikki martagina amalga oshiradi. Bu raqibning zarba
qabul qilishini qiyinlashtiradi. Bunday holatda quyidagi kombinatsiyalar
qo’llanilishi lozim:
❖
qisqa shar uzatish;
❖
undan keyin hujumkor zarba.
Himoyalanib o’ynaydigan o’yinchilarga bu yagona hujumkor kombinatsiya.
Uning foydaliligi kutilmaganligida. Uni kamdan-kam hollarda va o’yinning hal
qiluvchi davrida qo’llaydilar.
o'inchining stol oldidagi holati.
O’rta zonadan sharni qaytarayotganda, yakunlayotgan qisqartirilgan shar
oshirilishiga hujumkor zarba berish. Bu sharni balanddan uzatgan hujumkor
o’yinchining xatosidan
foydalanish hisobiga bo’ladi. Bunday holda
himoyalanuvchining zarbasi yakunlovchi kuchga ega bo’lishi lozim.
Raqib stolining chap tomoniga pastlanib yunaltirilgan zarbalar seriyadan
keyin qarama-qarshi tomonga kuchli pastga aylantirilib beriladi. Kombinatsiyaning
maqsadi-hujumkor o’yinchini sodda ko’ringan zarba bilan xato qilishga majbur
etish. Buning uchun shar salgina yuqori ko’tariladi, bu raqibning ziyrakligini
o’tmaslashtiradi, natijada u pastga burilgan zarbaning kuchini to’g’ri baholay
olmaydi.
Agar hujum kelayotgan o’yinchi yomon siljiyotgan bo’lsa, uni qaysidir
42
tomonga joylashtirishga majbur qilish va sharni tezda bo’sh qolgan tomonga
yuborish kerak.
Ikki tomonlama tezkor hujumchi raqibga qarshi har bir zarba bilan Sharning
yanada yuqori aylanishini oshirishi lozim va kelayotgan shar stol sahnidan chetga
chiqa boshlaganida raketkani siltash imkoniyati tug’iladi. Bu bilan kuchni
yakunlovchi zarba berish yoki top - spin imkoniyati ham paydo bo’ladi.
Hujumkor uslubdagi raqib o’yinida, asosan, quyidagi taktik kombinatsiyalar
qo’llaniladi:
❖
sharni uzatish, undan keyin raqibning yuqoridan yuborgan zarbasini
kutib olish;
❖
bevosita xisob yutib olishga yunaltirilgan top - spin yoki burama zarba
qo’llangan shar uzatish;
❖
raqibning noo’rin o’yinidan so’ng berilgan bir nechta zarba bilan xisob
yutib olish;
❖
raqibning shar uzatishini qisqa zarba bilan kutib olish va yutuqli holatni
yuzaga keltirish. Bunday zarbalarni qo’llash o’yinchiga katta taktik
imkoniyatlarni beradi;
❖
raqibning shar uzatishini aylantirib, yuqori yoki yon zarba bilan qabul
qilish, keyin esa kuchli elementga o’tish.
❖
Majburan
(raqibning kuchli shar uzatishidan keyin)
sust shar qabul
qilish. Bundan keyin raqib kuchli elementni qo’llaydi. Unga quyidagi
variantlardan birini qo’llash maqsadga muvofiq:
❖
qaytarish va sharni tanaga yoki qabul qilish noqulay bo’lgan erga
yo’naltirish;
❖
buraltirilgan«»;
❖
kuchli pastki burama zarbani yaratish va sharni zarba berish noqulay
bo’lgan erga yunaltirish, bu bilan raqibni xato qilishga majbur etish;
❖
o’rta zonada kuchli element bilan qaytarma zarba berish.
Dostları ilə paylaş: |