45
chapdan qarshi hujim
Himoyachilarning
umumiy kamchiligi shundaki, ular to’g’ri o’yinchining
gavdasiga (qorniga) berilgan zarbalarni yomon qabul qiladilar. Hujumni
burchaklarga qiyshiq zarbalar berish bilan olib borish, uni stolning o’rtasiga berilgan
zarba bilan yakunlash kerak. Agar himoyalanuvchi o’yinni yomon almashtirayotgan
bo’lsa, unda qisqartirilgan zarbalar foydali bo’ladi. Bunday hollarda qisqartirilgan
zarbadan so’ng hujumkor o’yinchi kuchli elementni bajarishi lozim.
Himoyachining himoyachiga qarshi taktikasi
Ikki nafar himoyachi o’rtasidagi musobaqalarda “aks harakatlar” deb
ataluvchi harakatlar g’alaba keltiradi. Ya’ni o’xshash zarbalar beriladi. Boshqa
holatda kombinatsiyalar himoyalanuvchi o’yinchi
kombinatsiyasiga qarshi
kombinatsiya ishlatish yoki shuning aksi bo’ladi.
Juftlik o’yinlar taktikasi
Juftlik o’yinlarda muvaffaqiyatga erishish sherikni to’g’ri tanlash va
uyg’unlikka bog’lik. Sherik o’yin uslubiga va tez siljiy olish qobiliyatiga qarab
tanlanadi.
Hujumkor uslubdagi tennischilar juftligi taktikasi yaqin zonada o’ynaydi.
Kamdan - kam hollarda o’rta zonada o’ynaydi
va stoldan uzoqda qariyb
o’ynalmaydi. Stol yaqinida joylashish tezkor о’yin olib borish imkoniyatini beradi.
Variantlar raqib sharni qaytarayotganda o’z sherigiga xalaqit berishiga asoslangan.
Buning uchin shar turli tomonlarga yo’naltiriladi, bu esa raqiblarni stolning turli
burchaklariga joylashishiga majbur etadi. Keyin shar ikki marta bir joyga
yo’naltiriladi.
Bu taktika, ayniqsa, raqiblarning uyg’unligi zaif bo’lganida yoki
raqiblar yomon siljishlarida juda qo’l keladi.
Kombinatsiyalashgan uslubdagi tennischilarning o’yin taktikasi juda
46
universal. Uning asosiy foydaliligi hujumni himoya bilan aqlli olib borish, raqiblar
uchun noqulay bo’lgan zarbalarni ko’proq berishdan iborat. Shuning uchun ham
keyingi paytlarda bir - birini to’ldiradigan hujumchi
va himoyachidan juftliklar
tuzilmoqda. Bunday juftliklar raqiblar uchun ancha noqulay bo’lishi mumkin. Bunga
faqat avtomatizm darajasiga etkazilgan o’zaro uyg’un hamda sherigini tushunish
orqaligini erishish mumkin.
Himoya uslubidagi tennischilar juftligi asosiy e’tiborlarini zarbalarini
hujumkor harakatlar hamda yakunlovchi zarbani berish uchun noqulay bo’lgan
Joyga sharni yo’naltirishga qaratadilar. Raqiblarga kuchli psixologik ta’sirni har
ikkala sherikning qarshi hujumlari o’tkazadi. Agar sheriklardan biri qarshi hujumda
kuchsiz bo’Isa, u sharni raqibga noqulay bo’lgan joyga yo’naltirishga harakat qiladi.
Sherigi esa qulay paytda hal qiluvchi zarbani beradi.
Agar har ikkala sherik ham qarshi hujum taktikasida zaifroq bo’lsa, ular faqat
raqiblarning xatti - harakatlarini kutishga majburlar.
Dostları ilə paylaş: