32
yuqori va yon aylanishni berishdir.
Chapdan to’lqinsimon zarba
Zarba berilganida sportchi stoldan 40-70 sm. uzoqlikda chap elkasini oldinga
chiqarib, yarim burilgan holda turadi. Oyoqlar tizzadan bukiladi
(o’ng oyoq oldinga,
chap oyoq orqaga),
gavda
ozroq chapga buriladi, tana og’irligi teng ravishda har
ikkala oyoqqa tashlanadi. Raketka ushlagan qo’l
chap yonga beldan pastga
tushiriladi va to’rdan orqa tomonga engil buriladi. Bilaklar stol yuzasiga parallel
tutiladi.
chapdan nakat texnikasi
Shar stoldan yuqoriga ko’tarila boshlagan paytda bilaklar oldinga- yuqoriga-
o’ngga harakatlanadi. Shar sakrashning yuqori nuqtasiga etganida, raketka sharning
o’rta qismiga to’qnashadi. Qo’lning panjalari raketkani
yopadi va yuqori yon
tomoniga sirpanadi. Zarba yakunlanguncha raketka oldinga-elka darajasida
yuqoriga harakatini davom ettiradi. Zarba paytida gavda chapdan o’ngga buriladi,
tana og’irligi chap oyoqqa tashlanadi. Ro’parasida
aylanib ketayotgan sharning
aylanish tezligi qancha kuchli bo’lsa, raketkani shardan shuncha uzoqroqqa tortish
lozim bo’ladi va raketkning shar bilan to’qnashish payti uzaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: