23
O’yinchi sharga yaqinlashgan holatida zarbaga mos bo’lgan
oyoqni oldinga
qo’yish bilan siljish boshlanadi. Zarbani amalga oshirish jarayonida o’ngdan zarba
berganda
chap oyoq oldinda, chapdan zarba berganda o’ng
oyoq oldinda boiishi
kerak.
To’g’ri va oqilona joy almashtirish sharga o’z vaqtida chiqishni hamda o’yinni
tez tepaga olib berishni ta’minlaydi va eng qulay
nuqtadan zarba berishga
yordamlashadi.
Sharni o’yinga kiritish texnikasi (podacha)
Sharning yo’nalishi, uchish masofasi va uni o’yinga kiritishning to’rtta turi
mavjud:
❖
to’g’ri;
❖
mayatniksimon;
❖
moki simon;
❖
elpig’ichsimon.
Sharni to’g’ri o’yinga kiritishda raketka ushlagan qo’1 stol ustida gonzontal
joylashadi. Sharga zarba to’g’ri ushlagan yoki ozroq bukilgan raketka bilan beriladi.
Birmchi holatda
shar aylanmasdan uchadi, ikkinchisida u aylanishga erishadi.
Sharning aylanib uchish yo’nalishi burilish burchagiga
va raketkaning harakat
yo’nalishiga bog’liq.
Mayatniksimon
Shar o’yinga kiritilganida qo’l yarim doira hosil qiladi.
Yuqori va yon tomon qo’l harakatlaridan boshlanadi. Keyin raketka pastga-yonga
keskin tushiriladi va yuqoriga-yonga harakatni davom ettiradi. Zarba qaysi paytda
(shar uzatishning boshida, о ‘rtasida yoki oxirida)
berilishiga qarab shar pastga, yon
tomonlarga va yuqoriga aylanadi.
mayatnik usulida to'p kiritish
Mokisimon
shar uzatishda raketkaga qaytarma hujumkor harakat beriladi.
24
Raketka sharga tegish paytida bir soniya to’xtalish ro’y beradi va raketka qarama-
qarshi tomonga itariladi. Raketkaning sharga duch kelish vaqti o’sha to’xtalishgacha
yoki undan keyin ro’y berishi mumkin. Sharga zarba berish nuqtasining tanlanishiga
qarab bu ikki shar aylanishidan biri jonlanadi. Raketkaning
qanday tutilishi ham
katta rol uynaydi. Agar gorizontal
holatda harakatlansa,
shar yuqori va pastki
yo’nalishga ega bo’ladi. Raketka vertikal holatda harakatlansa, shar chap yoki o’ng
yo’nalishdan aylanadi.
mokki usulida podacha berish usuli
Yelpig’ichsimon usulidagi shar uzatishda raketkaning
ichki tarafini yuqoriga
yo’naltirib ushlagan qo’l yarim doira hosil qiladi. Aksariyat hollarda sharga zarba
berish raketka ko’tarilayotganida, kamdan-kam hollarda raketka harakatining yuqori
nuqtasiga beriladi. Sharni to’qnashish paytiga qarab shar yuqoriga, yon tomonga va
pastga aylantiriladi. Bunday shar uzatish osiyocha raketka ushlashni qo’llovchi
sportchilar tomonidan kamdan-kam qo’llaniladi.
yelpig’ichsimon usulida podacha qilish texnikasi
Bu uzatishni o’ziga xosligi shuki zarba raketkaning ochiq tarafi bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: