“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 145 ~
yuritishning yaqqol ustun bo’lishiga olib keladi. Bu bolalar bilan korreksion-tarbiyaviy
ishni juda yoshligidan boshlash zarur. Bu ish birinchi navbatda motorikani
rivojlantirishga qaratilishi lozim; bolalarni kiyinishga, еchinishga, botinka ipini
bog’lash, buyumlarni yaxshilab tanlashga, kubiklar, piramidalar, mozaykalar
yasashga, rasm chizishga, rasmlarni bo’lishga va boshqa shu singari ishlarga o’rganish
zarur. Bolaning еtarli bo’lmagan motorikasini butun choralar bilan o’stirib borish
o’rniga ota-onalar, ko’pincha unga haddan ziyod vosiylik qiladilar, bolaning bajarishi
lozim bo’lgan hamma ishlarni o’zlari qilib, uning harakatlarini takomillashtirishga
yanada ko’proq xalaqit beradilar, amaliy ishga moslashmaganligini kuchaytiradilar.
Bunday bolalar maktabda o’qiy boshlaganlarida pedagog, yuqorida sanab o’tilgan
tadbirlardan tashqari, ularda maktab ko’nikmalarini, ayniqsa, yozuv ko’nikmalarini
o’stirishga alohida e’tibor berish lozim. Shunday ekan maktab psixologi doimo bola
bilan aloxida ishlarni amalga oshiruvchi xodimlardan sanaladi. Shunday ekan psixolog
maktabda kasbiy ko’nikmalarni rivojlantiruvchi asosiy hodimlardan hisoblanadi. Bu
salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-
qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-sherigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq
panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish
ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham
nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida
boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam
beruvchi mashqlar ham zarur. Bu o’rinda pedagogik bilimlar bilan bir qatorda
psixologik fanlarning ham o’rni katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’limning barcha turlarini amalga oshirish jarayonida psixologik xizmat,
jamoada psixologik munosabatlar kabi ta’lim bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlarni
o’rganish va tadqiq qilish masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual
o’qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu hislatlanning shakllanishida maxsus
sharoitlarni hisobga olish, har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini
ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Ta’lim tizimidagi psixologik xizmat tizimining ilmiy va amaliy vazifalari turli
mamlakatlarda turlicha joriy etilmoqda. Bizning umumiy o’rta ta’lim maktablarimizda
psixologik xizmat tizimi o’ziga xos usulda joriy etildi va dastlabki eksperimental
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: