“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 154 ~
Buning aksini oladigan bo’lsak insonni vaqtini samarasiz narsalarga sariflab
yuboriladigan va ong ostiga ta’sir qilib bugungi yoshlarni o’z iskanjasiga qamrab ham
olishini ko’rishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda no’tigri foydalanish oqibatida
ijtimoiytarmoqlar vaqt kushandasiga aylanib qolmoqda. Bugun texnika zamonida har
bir yosh avlodining qo’lida telefon, kompyuter ko’rishimiz va ularning barcha ijtimoiy
tarmoqlarda faol eknligini kuzatishimiz mumkin.Shu ijtimoiy tarmoqlarga bog’lanib
qolish natijasida bugungi yosh avlodning kelajakka bo’lgan fikrlarining tarqoqligi va
dunyo qarashining torligi, jamiatda yani odamlar orasida yurish, gapirish va tinglash
madaniyatining yo’qolishiga olib kelmoqda Internet bizning hayotimizning bir qismiga
aylandi. Bugungi kunda ko’plab tarmoq foydalanuvchilari mashhur ijtimoiy
tarmoqlarga katta e’tibor berishmoqda. Bunday veb- xizmatlarning ko’plab tarafdorlari
bor, ammo ularning ko’p raqiblari ham bor. Ularning har biri ko’plab argumentlarni
o’z nuqtai nazarlari foydasiga olib boradi.
Biz, o’spirinlarga nisbatan, bu muammo ayniqsa dolzarbdir. Ammo bu hodisa
muammo bo’ladimi, bu asosiy masala. Butun jamiyatga e’tibor berishga arziydimi yoki
har kim o’zi uchun qaror qabul qilishi kerakmi: ijtimoiy tarmoqlar ta’siriga beriladimi
yoki ularga ahamiyat bermaydimi? Bu masalalarning barchasi har bir insonnig
dunyoqarashi va salohiyati orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: