222
5. BOB.
SERVIS KORXONALARIDA XIZMATNI TASHKIL
ETISH, SERTIFIKATLASH VA XIZMAT KO‟RSATISH
ISHLARINING SIFATINI TA`MINLASH
5.1.
SERVIS KORXONALARIDA XIZMATNI TASHKIL ETISH
Servis korxonasi –
mulk tassarufidan, kimga bo‘ysinishidan, yuridik yoki
jismoniy shaxsligidan qat‘iy nazar belgilangan tartibda avtotransport vositalariga
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muayyan ish turlarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan,
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, muassasalar, korxonalardir.
Servis korxonalarida avtotransport vositalariga TXK va ta`mirlashning
ishlab
chiqarish jarayoni quyidagi sxema asosida tashkil etiladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Servis korxonalarida texnologik jarayonni tashkil qilish sxemasi.
223
Yirik va o‘rta quvvatli Servis korxonalarda TXK va ta`mirlash mintaqalarining
ayrim ishchi postlari ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: moylash posti, tormozlarni
tekshirish, sozlash, suyuqligini almashtirish posti va hakazo
Avtomobilning nosoz agregat va mexanizmlarini ta`mirlash
quyidagi
ustaxonalarda bajariladi.
Agregatlarni ta`mirlash va mexanika ustaxonasida
dvigatel, uzatmalar qutisi,
ilashish muftasi, oldinga va orqa ko‘priklar, osmalar, reduktorlar, rul mexanizmlar va
boshqa uzel – mexanizmlarni ta`mirlash, ishlari bajariladi.
Akkumlyator ustaxonasida
akkumulyator batareyasi ta`mirlanadi, yaroqsiz
plastinkalari, seporatorlari almashtiriladi, qo‘rg‘oshinli
panjara va kleymmalarini
qalaylash, kavsharlash bilan ta`mirlanadi, elektrolit almashtirish ishlari bajariladi.
Elektrotexnika va elektr jihozlarini ta`mirlash ustaxonasida
elektr va elektron
bloklar, generator, starter va boshqa elektr tarmoqlari ta`mirlanadi.
Ta`minot tizimi ustaxonasida
yonilg‘i nasosi,
injektorlar va boshqalar
ta`mirlanadi.
Kuzovlarni ta`mirlash ustaxonasida
avtomobil kuzovini shikastlangan,
chirigan, joylari ta`mirlanadi. Shikastlangan kuzovlar
maxsus stendlarda vintli,
gidravlik tortmalarda tortilib to‘g‘irlanadi.
Bo‟yash ustaxonasida
avtomobil kuzovi yoki uning ayrim qismlari nafis
holatgacha tekislangan va tozalangandan so‘ng bo‘yash
kamerasiga joylashtirilib
bo‘yaladi.
Bo‘yoq ranglari kompyuter yordamida tanlanib tayyorlanadi. Kuzov
bo‘yalgandan so‘ng kamerada 110-130
0
S haroratda 30-50 minut ushlab quritiladi.
Dostları ilə paylaş: