232
- ekologik me‘yorlarga rioya qilish.
Yuridik shaxslar (tashkiliy – huquqiy shakldan qat‘iy nazar), jismoniy shaxslar
(yuridik shaxs maqomini olmay tadbirkorlik qiladiganlar) quyidagi faoliyat turlari
bilan shug‘ullanganlarida litsenziya olishlari shart:
- yo‘lovchilarni tashish;
- yuklarni tashish;
- avtotransport vositalariga tadbirkorlik asosda texnik xizmat ko‘rsatish va
ta`mirlash;
- transport – ekspeditsiya xizmatlari.
Litsenziyada TXK va ta`mirlash bo‘yicha muayyan ishlar ro‘yxati ko‘rsatiladi
ular xizmatlar klassifiqatorlariga mos kelishi kerak.
TXK va ta`mirlash ishlariga litsenziya olish uchun da‘vogor quyidagi
hujjatlarni topshirish kerak:
- belgilangan shaklda litsenziya berilishi haqida ariza;
- ta‘sis hujjatlarining nusxalari;
- yuridik shaxs yoki fuqoro xususiy tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi;
- guvohnomada soliq inspeksiyasining belgisini mavjudligi;
- arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov hujjati;
- TXK va ta`mirlash ishlar
bajariladigan joyning rejasi, ishchi postlar soni,
bajariladigan ishlar haqida ma‘lumot;
- arizada ko‘rsatilgan faoliyatni bajarilishini ta`minlaydigan zarur jihozlar,
asbob – uskunalar, o‘lchov asboblari va boshqalar haqida ma‘lumot.
Sertifikatlash deganda uchinchi shaxs tomonidan sodir etilgan va
aynanlashtirilgan mahsulot, jarayon yoki xizmat, qo‘yilgan talablarga javob berishini
isbotlaydigan harakat tushuniladi.
Avtomobil transportidagi sertifikatlash tizimi bir xil mahsulotlar (avtotransport,
garaj
jihozlari, ekspluatatsion materiallar) va turli yo‘nalishdagi xizmatlarni
sertifikatlashning o‘zaro bog‘langan tizimlari majmuasidan iboratdir.
233
Sertifikatsiyalash O‘zbekiston Davlat standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan
amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida sertifikatsiyalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- transport vositalari avtomobillar, tirkamalar va hakazo
- ehtiyot qismlar;
-
neft mahsulotlari;
- texnologik jihozlar;
- turli ob‘ektlarni sertifikatlash jarayonlari uchun umumiy bo‘lgan holatlar;
- sertifikatga da‘vogar tomonidan ariza berish;
- hujjatlarni ekspertiza qilish;
- sertifikatlash sxemasini tanlash;
- sertifikat uchun sinov o‘tkazish natijalarini tahlil qilish va muvofiqlik
sertifikati berish haqida qaror qabul qilish;
- sertifikat berish va uni davlat reestirida qayd etish.
Korxonani sertifikatlashga tayyorgarlikni ariza beruvchining o‘zi yoki,
shartnoma asosida, tizimda ishtirok etuvchi tashkilot boshlaydi.
Tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- korxonani sertifikatlash sohasidagi qonunchilik
dalolatnomalari haqidagi
to‘liq axborot bilan ta`minlash;
- sertifikatlash bo‘yicha maslaxatlar berish;
- sertifikatlashtiriladigan xizmatlarni idektifikatsiyalash;
- foydalaniladigan jihozlarga tegishli hujjatlar tizimining (pasportlar,
ro‘yxatga olinishi, attestatsiya hujjatlari) mavjudligi va talablarga muvofiqligini
tekshirish;
- korxona xodimlarini hujjatlarini, bajariladigan
ishlarga muvofiqligini
tekshirish;
- sertifikatlash tartibi haqida maslaxatlar berish.
Korxona xodimlarining malakasi va ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifati uchun
ma‘suliyatining taqsimlanishi bo‘yicha hujjatlarni mavjudligi tekshiriladi.
Xizmat ko‘rsatish jarayonlari ikki usul bilan baholanishi mumkin:
234
Texnologik jarayon, jihozlar, xizmat ko‘rsatish sharoitlari tekshiriladi.
Bunda avtotexxizmat korxonasi xizmatlarni ko‘rsatish qoidalariga rioya qilish,
sifatini ta`minlash hujjatlari tekshiriladi.
Texnologik jihozlarni, o‘lchov asboblarining mavjudligi,
ish qobiliyati
tekshiriladi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha auditorlar bayonnoma yozadilar va unga qarab
ekspert komissiyasi xulosa yozadi.
Dostları ilə paylaş: