Axborotga ishlov berish va tahlil qilish.
Ushbu bosqichda axborotning
aniqligi, muhimligi, ishonchliligi, vakolatliligi va qiymati baholanadi.
Ta‘kidlash zarurki, tizimning (korxona, kompaniya, bank) holati haqidagi
axborotning ob‘ektivligi, ishonchliligi va tushunarliligi, nafaqat ichki boshqaruv
uchun balki, bozor sharoitida raqobatbardoshlilikni oshirish vositasi sifatida ham
muhim ahamiyatga ega. Bozorda raqobatbardoshlilikni ta`minlash, korporativ
boshqaruv tamoyili (yoki kodeksi) asosida amalga oshirilib, ularning asosiylari
quyidagilar hisoblanadi: halollik, ochiq-oydinlik, mas‘uliyatlilik va javobgarlik.
Ushbu tamoyillar AQSH dan keyin 1998 yili Evropada iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti tomonidan qabul qilindi va eng avvalo tizimda javobgarlikka
qat‘iy talablar qo‘ydi: ochiq-oydinlik, tushunarlilik, joriy moliyaviy ahvol haqidagi
axborotning muntazamliligi, xalqaro mezonlar bo‘yicha hisob-kitob ishlarini olib
borish.
Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish, tizimning reytingini (jumladan
xalqaro reytingini ham), uning raqobatbardoshliligini, qimmatli qog‘ozlari qiymatini
oshiradi, sarmoyalash uchun qulay shart-sharoitni ta`minlaydi.
48
Olingan axborot odatda ixcham holatda (jadvallar, grafiklar) ifodalanadi va
tizimdagi aloqalar, hamda qonuniyatlar haqida fikr bildirish imkonini beradi.
Axborotga ishlov berish va saqlashda hisoblash texnikasidan foydalaniladi.
4
. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
deb belgilangan mezonlar asosida
tizimning holatini o‘zgartiruvchi ko‘plab yoki bir nechta rivojlantirish yo‘llaridan
birini tanlashga aytiladi. Qaror qabul qilish - tizimning maqsadlariga, olingan va
ishlov berilgan axborotga mos holdagi harakatlarini aniqlaydi. Masalan, parkning
ishlash qobiliyatini o‘zgartirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mir sifatini
takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish bazasini
yaxshilash va boshqa tadbirlar hisobiga amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Masshtabi, miqyoslari, resurlari hajmi va tizim uchun kelib chiqadigan
oqibatlariga bog‘liq holda ushbu harakatlar taktik yoki strategik xarakterga ega
bo‘lishi, standart yoki maxsus ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, AQSH
ning transport tizimida muvaffaqiyatga yoki maqsadga erishishning quyidagi standart
uslublari (strategiyalari) va ularning kombinatsiyalari (management strategy)
qo‘llaniladi:
ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan mahsulot yoki xizmat birligiga
to‘g‘ri keladigan solishtirma daromadning o‘zgarishini kuzatib borish (yield
strategy);
barcha xarajatlar bandlarini tezkor nazorat qilish va ularni minimallashtirish
(cost control strategy);
maksimal ishlab chiqarish unumdorligini (daromad hisobiga ham)
ta`minlash (productive strategy);
tizimning
yakuniy
natijalaridan
ishlab
chiqarish
xodimlarining
manfaatdorligi va daromadlardagi ishtiroki (lov interest strategy).
5.
Qarorni ijrochilarga etkazish.
Ushbu bosqichida axborotning mazmuni va
bajarish muddatlarini ikki xil tushuntirishga yo‘l qo‘ymaydigan uzatish shakli eng
muhim hisoblanadi. Bunda maqsadga eng muvofiq keluvchi shakl, samarali
boshqaruvni ta`minlovchi me‘yor hisoblanadi. Me‘yor deganda qaror qabul qilish,
ba‘zi hollarda qarorni bajarish jarayonini miqdoriy yoki sifat jihatidan tartibga solish
49
va reglamentlash (tartiblash) tushuniladi. Texnik ekspluatatsiyada me‘yorga
qandaydir ishni rejalashtirish yoki bajarishga mos keladigan aniq o‘lchov to‘g‘ri
keladi. Masalan, texnik xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini bajarishga mehnat sarfi
yoki davomiyligi, ehtiyot qismlar sarfi – standartlarda, qoidalarda va boshqa
hujjatlarda ifodalanadi. Qaror - ijrochilarga aniq, lo‘nda, iloji boricha me‘yoriy
shaklda uzatilishi, uning bajarilishini sifat va miqdor jihatdan izchil nazorat qilishni
ta`minlanishi zarur.
6.
Boshqaruv tadbirlarini amalga joriy qilish
- bu, masalan parkni yangilash,
yangi xizmat turlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish bazasini qayta qurish, ta`mirlash
ishchilarini moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishning yangi tizimini joriy qilish,
avtomobillarni ta`mirlashga jo‘natish va hokazo shunga o‘xshash tadbirlar bo‘lib,
ular tizimning holatini o‘zgartirishi zarur bo‘ladi.
Harakat qilish qobiliyati tizimning yoki mutaxassisning eng muhim
xarakteristikasi hisoblanib, uning kompetensiya
4
sini xarakterlaydi.
7.
Boshqaruv tadbiriga nisbatan tizimning reaksiyasini olish
- bu tizim
holatining o‘zgarishi haqidagi yangi axborot bo‘lib (teskari aloqa) yana qayta
ishlanadi, tahlil qilinadi va uning asosida yangi qaror qabul qilinadi yoki dastlabkisi
to‘g‘rilanadi.
Tizim berilgan vaqtda, qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq erisha olsa, boshqaruv
optimal hisoblanadi.
Agar boshqaruv jarayonida tizimning holati yomonlashsa, u holda bunday
boshqaruv noratsional bo‘ladi.
Agar boshqaruv jarayonida tizimning holati yaxshilansa-yu, ammo maqsadlarga
to‘liq erishilmasa, u holda boshqaruv ratsional hisoblanadi.
Real tizimlarni boshqarish ko‘p qadamli, iterativ
5
xarakterga ega bo‘lib,
qo‘yilgan maqsadga bir emas, balki bir necha qadamlarda, erishilgan natijalarni
hisobga olgan holda harakatlarni ketma-ket to‘g‘irlab etib boriladi.
4
Kompetensiya (lot. competo — erishayapman, munosibman, loyiqman): 1) muayan davlat organi yoki mansabdor
shaxsning qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi
bilimlar,tajriba. [44, 530 b].
50
Turli darajalardagi boshqaruvda asosiy xatoliklardan biri, bu maqsadga bir
o‘rinishda (bir qadamda) etishga harakat qilish hisoblanadi, qaysiki, katta tizimlar
uchun bu amaliy jihatdan erishib bo‘lmaydigan holat bo‘lib, uning asosiy sabablari
quyidagilardan iborat:
1)
tizimning holati haqidagi va unga ta‘sir qilayotgan omillar haqidagi barcha
axborotga ega bo‘lish;
2)
qarorni amalga oshirish ma‘lum muddatda kechadi va ba‘zan bu uzoq
davom etadi, bunda tizimdagi va tizimga ta‘sir qilayotgan ko‘plab omillar o‘zgaradi;
3)
katta tizimlar faoliyati sekin kechadi, ularning holatini o‘zgartirish uchun
anchagina vaqt va resurslar talab etiladi;
4)
boshqaruvda asosiy ta‘sir etuvchi omil bu inson, u esa tabiatan mutaassib
bo‘lib, yangi maqsadlar va ularga erishish uslublariga moslashishi zarur bo‘ladi.
Tizim holatining sekin o‘zgarishiga misol sifatida, mutaxassislar tomonidan
shaxsiy kompyuterlarni favqulodda uzoq muddat davomida o‘zlashtirilishini,
ko‘pchilik odamlarda bozor sharoitlariga ko‘nikmaning qiyin va davomli kechishini
keltirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki 10 yilligi
davomida bozor sharoitlarida ishlab chiqarishning pasayishi, so‘ngra esa
barqarorlashishi yuz berdi, keyingi 10 yillikdan boshlab esa xalq xo‘jaligida
yuksalish kuzatilmoqda.
Shvetsiyada avtomobil transporti tomonidan atrof muhitga zararli ta‘sirni zarur
darajada qisqartirish uchun (1.6-rasm) 15 yildan 25 yilgacha muddat zarur bo‘ldi va
buning uchun ushbu yillar davomida quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirildi:
1963 yil – avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida davriy inspektorlik
nazorati bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyani tashkil qilindi;
1969 yil – yangi engil avtiomobillarda karterni shamollatishning yopiq tizimini
joriy qilindi;
5
Iterativ (lot. Iterativus – tez-tez takrorlanadigan) takrorlanadigan harakatlar, jarayonlar [28, 393 b].
51
1.6-rasm. Shvetsiyada engil avtomobil transportidan atrof-muhitga chiqadigan yalpi
chiqindilar
: 1 – engil avtomobillar parkining o‟lchami; 2, 3, 4, 5 - chiqindilar: (2 – NOx; 3 -
CO; 4 – CH; 5 – qo‟rg‟oshin); 6 – prognoz
.
1970 yil – benzinda qo‘rg‘oshin birikmalarining tarkibini cheklash yo‘lga
qo‘yildi;
1970 yil - ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan
gazlar tarkibidagi
CO-uglerod oksidi
miqdori uchun me‘yor joriy qilindi;
1971 yil – yangi avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi
CO
va
CH-uglevodorod
miqdori uchun me‘yorlarni joriy qilindi;
1976 yil - yangi avtomobillardan chiqadigan ishlat ishlatilgan gazlar tarkibidagi
NOx-azot oksidi
miqdori uchun me‘yorlarni joriy qilindi;
1986 yil – yangi avtomobillardan chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi
CO
CH
va
NOx
miqdori uchun me‘yorlar qat‘iylashtirildi (uch komponentli
neytralizatorlarni qo‘llashni talab qiluvchi);
1988 yil – salt ishlash rejimlarida ishlatilgan gazlar tarkibidagi
CO
miqdori
uchun me‘yorlarni qat‘iylashtirish va differensialash;
Dostları ilə paylaş: |