Reja: Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 56,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#158710
1   2   3
1-seminar. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchisi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.

Pedagogika fanlari tizimi 
SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy xamda jismoniy jixatdan 
rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, xar bir davrning o‘ziga xos jixatlari, shuningdek
bolaning fiziologik, psixologik xolatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit 
pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. 
Ular quyidagilardir: 
Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish 
masalalarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, 
ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini 
o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga 
ta’lim berish, ularning O‘ziga xos psixologik xamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish
shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish 
masalalarini o‘rganadi.


Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari 
bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va O‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.
O‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli 
soxalari kiradi. Ular quyidagilardir: 
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish
o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va 
tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, 
o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish 
doirasida murakkab nuqsonlar bO‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, 
o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy 
davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish 
muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik 
maxorat 
– bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy maxoratlarini oshirish, 
takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish
nazorat qilish xamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan 
o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.

Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin