Reja: Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 56,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#158710
  1   2   3
1-seminar. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchisi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.



1-seminar. 
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, 
metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. 
 
Reja: 
Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Pedagogika fanining vazifalari 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari 
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 
Pedagogika fanlari tizimi 
Tayanch iboralar: 
pedagogika, maxsus ta’lim, tarbiya nazariyasi, tushuncha, ijtimoiy tarbiya, 
aqliy, axloqiy, jismoniy, mexnat, estetik, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya, 
kategoriya, tarmoq, qonuniyat, shaxs, rivojlanish, ta’lim, tarbiya, kategoriya, tadqiqot, jarayon, 
shakl, mazmun, moxiyat. 
Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy 
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh 
avlodni tarbiyalash xamda unga ta’lim berishning moxiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. 
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda kattalarni milliy 
istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muxim jixati – uni o‘qitish va tarbiyalashga 
asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning 
muxim tarkibiy qismlari xisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «O‘rgatuvchi», didasko «O‘rganuvchi») 
ta’limning nazariy jixatlari, ta’lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi va 
o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim 
jarayonini takomillashtirish yo‘llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z moxiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim xar 
bir shaxsning kamol topishi xamda u tomonidan xayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur 
bO‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida O‘zlashtirilgan 
ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus 
ta’lim olishi uchun asos bO‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon 
qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida 
amaliy ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko‘ra maktabgacha 
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari 
ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muxim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni 
mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har 
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mexnat, estetik, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik va 
jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy 
ofatlardan ximoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos 
bo‘lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning gurux-gurux bo‘lib xayot kechirishi sababli bolalarga 
tirikchilik o‘tkazish yO‘lidagi faoliyat (O‘simlik mevalari, ildizlarini terish, xayvonlarni 
ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish gurux a’zolari tomonidan birdek amalga 
oshirilgan. Bilimlar, aksariyat xollarda, mexnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mexnat 


faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda 
o‘ziga xos jixatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida xam tub 
o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan 
tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va extiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin 
fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, 
Platon va Aristotellarning asarlarida muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu 
fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil 
etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar 
tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qO‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning xaq-xuquqlari cheklanganligi bois 
tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar 
manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar 
etakchi O‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy xayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, 
SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu 
maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish 
va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi xolatlar xam ko‘zga tashlangan 
bO‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin 
chora ko‘rish extiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish xayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. 
Insoniyat tarixidan mustaxkam o‘rin olgan SHarq Uyg‘onishi deb nom olgan tarixiy jarayon 
aynan feodal tuzumi – O‘rta asrlar davrida sodir bo‘ldi. SHarqda buyuk allomalar - Muxammad 
Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-
Farg‘oniy, G‘arbda esa T. Mor, T. Kampanella, E. Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten va 
boshqalar tomonidan xar tomonlama rivojlangan, ruxiy va jismoniy jixatdan sog‘lom, antik 
dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash 
g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, xunarmandchilik va manifaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni 
yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab 
texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga xal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda 
ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga 
nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jixatdan 
asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib xissasini qo‘shgan 
mutafakkirlar: G‘arbda - YA. A. Komenskiy, D. Didro, J. J. Russo, F. Gerbart, V. V. Disterveg, 
K. D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, V. A. Suxomlinskiy, SHarqda I. Ibrat, S. Siddiqiy, A. 
SHakuriy, S. Ayniy, A. Avloniy, A. Fitrat, X. X. Niyoziy, M. Abdurashidov, M. Bexbudiylar 
shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar xamda ta’lim 
tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari 
asosida boyidi, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, xar tomonlama (garmonik) 
rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini 
amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo‘li 
demokratik, insonparvar va xuquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «ta’lim 
tizimini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la 
xalos etish»
1
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor 
yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga 
qaratildi.
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъёрий щужжатлар тыплами. – Тошкент: Шарқ 
нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти, 2001. –25-бет.
 


Respublikada ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy mazmun xamda 
yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy xujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni 
tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy xrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni xal 
etish yo‘llarini o‘rganadi.

Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin