Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va
sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ijtimoiy tarbiya moxiyatini ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan
vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik
xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash uchun bir
qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan
pedagogika fani bilan
quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya,
qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni taxlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-
tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan
jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida
ma’lumotlarga ega bO‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va
ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik
jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning
xis etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda
estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini
inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy jixatdan to‘g‘ri
shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xissiy-irodaviy sifatlarni tarkib
toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix –
pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik
xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish
uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy
madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash,
uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv,
shuningdek, nuqsonli bolalarni O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda
ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: