auditning ahvoli bilan tanishishi zarur. Chunonchi, korxonaning pul mablag’lari bo’yicha maxsus komissiyasi har oyda kamida bir marta pul mablag’lari kabi qimmatli qog’ozlarni ham inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat)dan o’tkazishi lozim. Bundan tashqari, yillik buxgalterlik hisobotini tuzishdan oldin, moddiy javobgar shaxslar almashish hollarida, o’g’rilik, umarib ketish, o’zlashtirish yoki suyiste’mol qilish hollarida, yong’in yoki tabiiy ofatdan so’ng inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) o’tkazilishi shart. (№19-BHMS 1. 5 bandi) Agar qimmatli qog’ozlar korxonaning o’zida saqlansa, ularni inventarizatsiyadan o’tkazish pul mablag’larini inventarizatsiyadan o’tkazish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Korxona kassasida saqlanayotgan qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya (ashyoviy ro’yxat) qilish ularni varaqma-varaq sanash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati, haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. Tekshiruv alohida har bir emitent bo’yicha dalolatnomada seriyasi, raqami va umumiy summasi ko’rsatilgan holda o’tkaziladi. Har bir qimmatli qog’ozning rekvizitlari buxgalteriyada yuritiladigan ro’yxatlar, reestrlar yoki daftarlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Qimmatli qog’ozlar maxsus tashkilotlarda saqlanganida (banklarda, depozitariyalarda, maxsus joylarda) inventarizatsiya korxonaning tegishli buxgalteriya hisobi schyotlaridagi qoldiqlar ko’chirmasi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, depozitariyda saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog’ozlar inventarizatsiyasi 0610-«Qimmatli qog’ozlar» va 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyotlaridagi qoldiq summalari depozitariylar ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Depozitariylar