O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


ma’lumotlari inventarizatsiya o’tkazilayotgan paytda depozitariyga yuborilgan so’rov



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə424/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

ma’lumotlari inventarizatsiya o’tkazilayotgan paytda depozitariyga yuborilgan so’rov 
natijasida olinishi mumkin. (№19-BHMS 3. 35 band) 
Korxonaga tegishli qimmatli qog’ozlarni inventarizatsiya qilishda ular sotib olish 
qiymatining xaqqoniyligini baholashga maxsus e’tibor berilishi lozim. Buning uchun 
aktsiyadorlik jamiyatlarining chop etiladigan buxgalterlik hisobotlarini olish, shuningdek, 
boshqa qiziqtirgan hisob va hisobot ma’lumotlari bilan tanishish huquqiga ega ekanligiga 
e’tibor berish zarur.
Inventarizatsiya ro’yxatida qimmatli qog’oz emitenti, nomi, seriyasi, nomeri, nominal va 
haqiqiy qiymati, qaytarish muddatlari va umumiy summasi ko’rsatiladi. 
Qimmatli qog’ozlar auditining keyingi bosqichida haqiqatda mavjud qimmatli qog’ozlar 
buxgalterlik hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Bunda auditor qimmatli qog’ozlarning 
oshiq chiqqanlarini ham, kam chiqqanlarini ham o’zining ishchi hujjatlarida aks ettirishi va 
bular haqida korxona rahbariyatiga bildirishi lozim. O’z navbatida korxona rahbariyati 
bunday kamomadlarning vujudga kelish sabablari va bunga javobgar shaxslarni aniqlash, 
hamda kamomadlarni bartaraf etish choralarini ko’rishi lozim; oshiqcha chiqqan qimmatli 
qog’ozlarni kirim qilish, etishmagan qimmatli qog’ozlar qiymati aybdor shaxslar tomonidan 
qoplanishi yoki korxonaning moliyaviy natijalariga olib borilishi mumkin.
Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiyadan o’tkazishning xususiyati nafaqat qimmatli 
qog’ozlarning haqiqatda mavjudligi, balki qimmatli qog’ozlarni baholash ya’ni ularning 
qiymatini shakllantiruvchi haqiqiy xarajatlar to’g’riligini aniqlashdan ham iboratdir. 
Auditor qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan daromadlarni buxgalteriya hisobida aks 
ettirishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini tekshirishda inventarizatsiya ma’lumotlaridan ham 
foydalanadi.


12-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI VA 
PUL MABLAG`LARI AUDITI AUDITI 


12-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI VA PUL MABLAG`LARI AUDITI AUDITI 
REJA: 
12.1. Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish tartibi 
12.2. Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi 
12.3. Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari 
12.4. Pul mablag’lari Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
12.5. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi 
12.6. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini 
tekshirish 
12.7. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
12.8. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish 
12.9. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini 
tekshirish 
12.1. Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish tartibi

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin