2.2. Metallarning kristal tuzilishi, kristallarning elementlari
Fazoviy panjaraning tuzilishi va atomlarning unda joylanishi
metallning turiga bog’liq.
2.1-rasm. Metallarning kristallanish jarayoni.
Metallarda asosan quyidagi fazoviy kristall panjaralar ko’proq
uchraydi.
1. Hajmi markazlashgan elementar kub panjara. Bunday
fazoviy kristall panjaralarga Fe
a
, S
c
, W, V, Ta, Ne (neon).
2. Yoqklari markazlashgan elementar kub panjara.
Bu xil fazoviy kristall panjaraga Fe
γ
, As, Si, Rb, Au, Ad, Au -
oltin, Ag-kumushh.
3. Olti qirrali (geksog’onal) elementlar. Bu xil kristall
panjaraga Zn, (Sd - kadimiy), Md, Ne , SO
2
, Ti kiradi.
Elementar fazoviy panjaradagi atomga eng yaqin masofada
joylashgan qo’shni, atomlar soniga koordinatsion son (K) deyiladi.
Masalan: hajmi markazlashgan elementar kub panjarada K-8 yoqlari
markazlashgan elementar kub panjarada K-12 ga teng bo’ladi (K) ning
qiymati qancha katta bo’lsa atomlarning joylanish zichligi ham
shuncha katta bo’ladi.
Kristall panjaralarning turli kristallografik tekisliklarda atomlar
zichligi turlicha bo’lganligi uchun, xossalari ham har xil bo’ladi.
Metallarning bunday xususiyatiga anizatoropiya deyiladi.
Anizatropiya - grekcha so’zdan olingan bo’lib, teng emas har xil
xossali degan ma’noni bildiradi.
17
Real metallarning kristallanishi jarayonida metallarda turli
qo’shimchaa jismlar borligi tufayli metall atomlarining ba’zi
uchastkalarida ularning batartib joylashishi buziladi.
Buning asosi sabablaridan biri shuki, ayrim atomlar energiyasi
panjaraning o’rtacha energiya qiymatidan katta bo’lib, intensivroq
harakatlanib, bir joydan ikkinchi joyga, masalan, panjara uchlaridan
oraliqqa yoki qo’shni atomlar o’rniga o’tadi. Bu esa fazoviy
panjaradagi atomlarning batartib joylashunivining buzilishiga olib
keladi. Natijada uning xossalari o’zgaradi.
Fazoviy kristall panjaradagi buzilishhlar quyidagi xillarga
ajratiladi.
1. Nuqtali buzilish: Kristall panjaradagi bo’sh joylarga
qo’shni element atomlari joylashishi tufayli hosil bo’ladi.
2.
Chiziqli
buzilish:
Bunday
buzilish
metallarga
-
termomexanik ishlov berishda yuzaga keladi. Bunga dislokatsiya
deyiladi.
Diskolatsiya - ingliz so’zidan olingan bo’lib - don zarrachalari
bloklarining o’zaro siljishi oqibatida paydo bo’ladi.
3. Sirtqi buzilish. Bu buzilish metall sirtida sodir bo’ladi. 2.1-
rasm fazaviy kristall panjara buzilishi darajasi (ρ) ga ko’ra
mustahkamlikning o’zgarishi.
Gv – cho’zilishhdagi mustahkamligi
1 - nazariy mustahkamligi
2 - juda ingichka tolaning mustahkamligi
3 - yumshatilganda mustahkamlik
4 - termik, termomexanik ishlovidan keyingi mustahkamlik
ρ - kristal panjaraning dislokatsiya zichligi g/sm
3
Metall atomlarining bertartib harakatda bo’lgan suyuq holatdan,
atomlari batartib joylashgan qattiq holatga o’tish jarayoni birlamchi
kristallanish deyiladi.
Ushbu rasmda suyuq va qattiq holatdagi metallarning erkin
energiyasi qiymatining temperaturaga qarab o’zgarishi ko’rsatilgan.
F - erkin energiya qiymati
Tn - nazariy kristallanish temperaturasidan yuqori temperatura
bo’lganda suyuq holatdagi metallning erkin energiya qiymati (Fs)
qattiq holatdagi metallning erkin energiya qiymatidan (Fk) kichik (Fs
< Fk) bo’lgani uchun u suyuq holatda aksincha Tn.K dan past
temperaturada qattiq metallning erkin energiyasi suyuq metallning
18
erkin energiyasi qiymatidan kichik (Fe holatda bo’ladi. Suyuq hamda qattiq fazalarning erkin energiya
qiymatlari o’zaro teng (FcqFk) bo’lsa, suyuq va qattiq fazalardan
iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |