14
Ishchi temperaturaning osishi konstruksiya materialining yuqori
temperaturaga chidamligiga bog’liq. Energetikada o’ta o’tkazuvchan
salyonoidlar, elektr mashinalarining uramlari elektr o’tkazuvchan
materiallardan tayyorlanadi.
Bu sohaning kelajak materiallaridan o’ta o’tkazuvchan
transformatorlar, elektr tarmoqlari va termoyadro reaksiyalaridagi
yorug’lik dastasini (plazmani) ushlab qola oladigan kuchli magnitlar
tayyorlanadi.
Keyingi paytlarda texnikaning ba’zi sohalarida materiallarning
tozaligi juda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Masalan kimyoviy
tozalikka ega bo’lgan temir va rux elementlarining korroziyaga
chidamliligi yuqori ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Yarim o’tkazgichlar
texnikasida
ham
materiallarning
tozaligiga
katta
ahamiyat
berilmoqda. Texnik hamda iqtisodiy talablarning ortib borishi, hamda
yer yuzi va yer osti xomashyolarining chegaralanganligi tufayli
mustahkamligi yuqori bo’lgan yangi-yangi materiallarni ishlab
chiqarish texnologiyasini topish va uni o’zgartirish vazifasi paydo
bo’ladi. Yangi materiallarni yaratish uchun mavjud materiallarga
o’zga qo’shimchaalarni qo’shish, hamda asosiy material elementini u
bilan hech qanday bog’lanishda bo’lmagan zo’riqtiruvchi elementlar
bilan boyitish, ya’ni kompozitsion materiallarni sintez qilish kabi
muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni bajarish lozim.
Kompozitsion materiallar mashina va mexanizmlarning uzoq
ishlashi hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshiribgina qolmay,
balki ishlab chiqarish jarayonini ham takomillashtirish mumkin.
Ammo kompozitsion materiallarning ko’plab ishlab chiqarish inson
salomatligiga katta zarar keltiradi, atrof - muhitni zaharlaydi, ya’ni
yangi eqolog’ik muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin,
kompozitsion materiallardan oqilona foydalanib, ulardan eng katta
foyda olish materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifasidir.
Materiallarni yemirilishdan, ayniqsa korroziya ta’sirida
yemirilishdan himoya qilish asosiy muammo bo’lib qolmoqda.
Materiallarning ishlash jarayonidagi tuzilish (struktura) o’zgarishi
qonuniyatlari hamda uning oqibatini o’rganish xossalarining
turg’unligiga erishish imkoniyatini beradi. Demak yangi hosil
qilinayotgan materiallarning ishlash muddatini aniqroq belgilash
imkoniyati yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: