6-amaliy mashgʻulot Oʻlchash vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash



Yüklə 15,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü15,31 Kb.
#201382
Oʻlchash vositalarini qonunchilik talablariga muvofiqligini (12)



6-amaliy mashgʻulot 
OʻLCHASH VOSITALARINI QONUNCHILIK TALABLARIGA 
MUVOFIQLIGINI TASDIQLASH 
 
 
 
Mahsgʻulotning maqsadi: 
Berilgan oʻlchash vositalari bilan tanishish va ularning 
qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash. Umumiy xulosa berish. 
 
Nazariy ma’lumotlar 
Yangi tahrirdagi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi “O‘lchash 
vositalari va sinov vositalari” deb nomlangan boʻlib, unda quyidagilar belgilab berilgan: 
“Foydalanishda boʻlgan oʻlchash vositalari va sinov vositalari oʻlchash 
natijalarining belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda boʻlishini 
ta’minlashi va qoʻllash shartlariga mos kelishi kerak.
O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ruxsat etilmagan 
sozlash va aralashuvlarning oldini olish maqsadida oʻlchash vositalarining 
konstruksiyasi oʻlchash vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy 
ta’minotga) kirish cheklanishini ta’minlashi kerak. 
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning 
oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari ma’lum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan 
metrologik xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega boʻlishi; 
oʻlchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda 
boʻlishini ta’minlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi; 
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi. 
Quyidagi hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari 
hisoblanmaydi:
indikator funksiyasiga ega boʻlganda; 
natijalari oʻlchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash 
uchun foydalanilganda;
faqat oʻlchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini 
bajarganda”. 
Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar quyidagi me’yoriy-
huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi: 
- “Metrologiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni; 
- Oʻlchash vositalariga nisbatan majburiy talablar belgilangan boshqa qonunlar va 
qonun hujjatlari; 
- “Oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 yil 
29-avgustdagi 528-son qaroriga 1-ilova); 
- “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR 
VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
- “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 
yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 3-ilova); 
- “Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM 
ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 4-ilova); 


- “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR 
VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
- “Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 
yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova); 
- “Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutining Ustavi” (2019 yil); 
- “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 
iyundagi PF-6240 sonli Farmoni; 
- aniq oʻlchash vositalariga nisbatan ishlab chiqilgan ekspluatatsion va texnik 
hujjatlar va boshqalar. 
Topshiriq. Talabalar berilgan oʻlchash vositalari namunalarining qonunchilik
talablariga mosligini baholashadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra oʻlchash vositalari va sinov vositalari 
qanday shartlarga mos kelishi kerak? 
2.
Oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini 
ayting.
3.
Qanday hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari 
hisoblanmaydi? 
4.
Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar qanday me’yoriy-
huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi? 

Yüklə 15,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin