126
a) qo‘lni orqaga va oldinga qilgan holda skameykaga
tayanib, qo‘llarni bukib-yozish; oyoqlar poldan yuqoridagi
tayanchda, kaftga, mushtga, barmoqlarga tayanib, qo‘llarni
bukib-yozish (o‘g‘il bolalar);
b) doira bo‘ylab oyoqlarni qimirlatmay, qo‘llarni hara-
katlantirish;
d) sherigi yordamida tortilish;
e) langar cho‘pni ikki va bir qo‘lda ushlab arqonga
chiqish; qo‘llar bilan brus chetidan ushlab, uni bukib-
yozish (yordamchi bilan va mustaqil ravishda) — o‘g‘il
bolalar;
f) turli shakldagi yog‘och oyoqlarda harakatlanish;
g) qo‘llarda og‘ir yuk bilan mashq bajarish.
Mashg‘ulot davomida gavdaga tushadigan yuklamani
bir tekis taqsimlang, mushaklarning zo‘riqishiga yo‘l qo‘y-
mang, mashqlar og‘irlik qilganda uni birmuncha yengillari
bilan almashtiring yoki faol hordiq chiqargandan so‘ng
bajaring. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlarni bajar-
gach, bo‘shashtiruvchi yurish yoki nafas olishni bir maromga
soluvchi mashqlarni oralatib bajaring.
Dastlabki mashg‘ulotlardan keyin mushaklarda og‘riq
paydo bo‘lishi mumkin. Bu inson tanasida hali ko‘nikma
hosil bo‘lmaganligidan dalolatdir. O‘z-o‘zini massaj qilish,
qaynoq dush qabul qilish hamda parxonali hammomga
tushish yo‘li bilan og‘riqni tezda bartaraf etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: