229
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi belgilangan
aniq strategik maqsadlar va asosiy vazifalarning samarali amalga
oshirilishini ta'minlaydi, Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi majlislarida
qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini muntazam ko‘rib
chiqsin.
Davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy
davlat hokimiyati organlarining rahbarlari O‘zbekiston
Respublikasi
Savdo-sanoat palatasi faoliyatining strategik maqsadlari va vazifalarini
amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishni ta'minlaydi.
Farmonning keyingi matnlarida Savdo-sanoat palatasining ayrim
takliflari ma'qullangan va uning huquqlari sanab o‘tilgan. Shuningdek,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil
etilishi belgilangan
va markazlar faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari sanab
o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: