242
texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga
oluvchi biznes-kataloglar e’lon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes
yuritish amaliyotining umum e’tirof etilgan
normalarini joriy qilish,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish
yuzasidan takliflar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘rish; tadbirkorlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu
jumladan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan
munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda himoya qilish;
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar ta’limi va ularni tayyorlash tizimi
rivojlantirilishini, tadbirkorlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish
tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik tuzilmalari xususan
fermer xo‘jalik huquqiy himoya tizimida Femer xo‘jaliklari kengashlari
murim o‘rin egallaydi. Ular o‘z faoliyatlarini “Fermerlar
kengashi
to‘risida”gi ustavga muvofiq amalga oshiradi. Mazkur ustavga muvofiq
O‘zbekiston Fermerlari kengashi o‘z maqsad va vazifalarini amalga
oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi: respublikada fermerlikni
rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganadi va fermerlikni
rivojlantirish
sohasida
qonunchilikni
takomillashtirish,
fermer
xo‘jaliklarining moddiy-texnik va moliyaviy bazasini mustahkamlash,
ularning mulkiy huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash
yuzasidan takliflar ishlab chiqish; davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv
organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish
va ular faoliyat
masalalariga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari tayyorlanayotganda
ularning so‘roviga ko‘ra ushbu loyihalar bo‘yicha xulosalar berish; fermer
xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli va moddiy-texnik ta’minlanganligini
tahlil qiladi hamda uning natijasiga ko‘ra tegishli taklif va choratadbirlar
ishlab chiqish; tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar,
korxonalar bilan fermer xo‘jalik o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning, o‘z
vaqtida va to‘liq bajarilishini monitoring qilishda ishtirok etish;
bozorlarda talab va takliflarni o‘rganib chiqib o‘zining a’zolariga kerakli
bo‘lgan maxsulotlarning bozor narxlari bo‘yicha amaliy ko‘mak berish
243
hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy
axborot vositalarida yoritish;
O‘zbekiston fermerlari kengashi a’zolari fermerlarning huquqlari
buzilganligi yuzasidan va ularning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, davlat
organlariga takliflar kiritish; qonunda belgilangan tartibda (jumladan,
davlat tuzilmalari bilan birgalikda) o‘quv markazlarini, biznes-
maktablarini va turli xil professional tayyorgarlik
va rahbarlarni qayta
tayyorlash hamda fermer xo‘jalik mutaxassislarini zamonaviy darajada va
standartlarga tayyorlash kurslari, xususan boshqarish asoslari va biznesni
yuritish, buxgalterlik hisobi, suurta, banklar va xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotlarning o‘zaro munosobatlarini rivojlantiradi; xalqaro, respublika
va xududiy ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish, boshqa
davlatlarning shunday tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish va
rivojlantirish, o‘zining a’zolarini chet davlatlarga xizmat safari va
stajirovkaga
yuborish, O‘zbekistonga tegishli xorijiy tashkilotlar
vakillarini taklif qilish; kengash a’zolariga kredit olish va o‘zlashtirishda
konsultativ va metodik yordam berish, kredit resurslarga, jumladan
xorijiy kredit resurslarini olishda imkoniyatlarni kengaytirish; hududiy va
tuman fermerlar kengashlari
faoliyatini muvofiqlashtirish; qonun
hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: