260
berilgan vazirliklar va idoralardir. Nazorat qiluvchi
organlarga soliq va
moliya idoralari, prokuratura, ichki ishlar, bojxona, statistika organlari va
davlat nazorat inspektsiyalari nazorat qiluvchi organlar sirasiga kiradi.
Xo‘jalik (Tadbirkorlik) subyektlarini tekshirishni tashkil qilishni
yanada takomillashtirish bo‘yicha tekshirishlar sonini kamaytirish,
turli
nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda
parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar,
xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar etkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l
qo‘ymaslik shuningdek, tadbirkorlarning
huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
yangilangan tarkibi va u
haqdagi Nizom tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi
nazorat
organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi – maxsus
vakolatli organ hisoblanadi va u chiqargan qarorlarning tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini tekshirishga doir qismi
nazorat qiluvchi organlar
uchun majburiy hisoblanadi.
Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning,
shu jumladan,
kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-
birining ishini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydigan muvofiqlashtiruvchi
rejalarini ishlab chiqish;
nazorat
qiluvchi
organlarning
tekshiruvlar
o‘tkazishning
muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini
nazorat qilish hamda
rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay
o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Dostları ilə paylaş: