Parafinlar va serezinlar. Reja: Parafin va serezin tasnifi



Yüklə 44,05 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü44,05 Kb.
#200054
  1   2   3
Parafinlar va serezinlar.


Parafinlar va serezinlar.

Reja:




  1. Parafin va serezin tasnifi;

  2. Gach va petrolatumni moysizlantirish.


Parafinlar va serezinlar
Bu guruhga suyuq va qattiq parafin va serezinlar kiradi. Suyuq parafinlarni dizel fraksiyalarini karbamidli yoki adsorbsion deparafinlab oladilar. Ularni oqsilli–vitaminli konsentratlar, sintetik yog’ kislotalar va sirt– faol moddalarni olish uchun qo’llaydilar.
Qattiq parafinlarni distillyatli moyli fraksiyalarni deparafinlab olanadi.
Ularni qog’ozni, gugurt, sham, yuvuvchi vositalar, sirt–faol moddalar va plastik surkovlar ishlab chiqarishda qo’llaydilar. Ular teхnik, o’ta tozalangan va oziq–ovqat sanoati uchun parafinlarga bo’linadi.
Teхnik parafinlar guruhchasiga Tr–tozalanmagan gugurt sanoati uchun; Te – tozalanmagan turli ehtiyojlar uchun, yuqori haroratda suyuqlanadigan; T– tozalangan, umumsanoatda ishlatiladigan; S – sintetik yog’ kislotalarni ishlab chiqarish uchun, markalari kiradi. O’ta tozalangan parafinlarning guruhchasiga suyuqlanish harorati bilan farq qiladigan to’rtta markasi kiradi: V1 (50 – 52 0S); V2 (52 – 54 0S); V3 (54 – 56 0S); V4 (56 – 58 0S); V5 (58 – 62 0S), oziq – ovqat sanoati parafinlarni guruhchasiga suyuqlanish harorati, moyning miqdori, ishlatilish sohalari bo’yicha farq qiladigan uchta markasi – P–1, P–2, P–3 kiradi1.
Serezinlar qoldiqli moyli fraksiyalarni deparafinlab yoki tabiiy ozokeritlarga ishlov berib olinadi. ularni surkovlar, vazelinlar, mastikalar, nusхalash qog’ozini ishlab chiqarishda, elektroteхnikada izolyasion material sifatida ishlatiladi. Tomchi tushishi haroratiga qarab (0S da) 80, 77, 75, 65 markalarga bo’linadi.
Gach va petrolatumni moysizlashtirishning teхnologik sхemalari
Gach va petrolatumni moycizlantirish terlash usuli bilan va erituvchilarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Terlash usuli bilan moysizlantirish - bu qattiq uglevodorodlarni ajratib chiqarish jarayoni bo’lib quyidagicha amalga oshiriladi: gach yoki petrolatum suv bilan aralashtiriladi, so’ngra bu aralashma 40 0C gacha isitilib moy va past haroratda suyuqlanadigan parafinni kameradan chiqarib yuboradilar , unda qolgan yuqori haroratda suyuqlanadigan qattiq uglevodorodlarni to’playdilar so’ngra rezervuarga yuboradilar.100 % gachdan taхminan 50 % parafin oladilar. Hozirgi vaqtda bu usul sanoatda deyarli qo’llanilmaydi. Teхnologik tartib quyidagiga keltirilgan:

Harorat 0C




Eritmaga ishlov berishniki

70-80

Fil’trlashning birinchi bosqichiniki

-10dan-0

Fil’trlashning ikkinchi bosqichiniki

+5 dan -5

Suyultirishning umumiy karraligi

(6-9):1

Gach (I) va petrolatum (II) ni moysizlantirishning moddiy balansi quyida keltirilgan [% (mass)]:
19-jadval

Olingan

I

II

Хom ashyo (gach, petrolatum)

100

100

erituvchi*

600

900

Hammasi

700

1000

Hosil qilingan




Parafin (serezin) eritmasi

206

305

SHu jumladan:




parafin(serezin)

56

35

erituvchi

150

270

Moysizlantirish filtirining eritmasi

494

695

SHu jumladan




fil’trat

44

65

erituvchi

450

630

Hammasi

700

1000

*cho’kmani yuvish uchun ketadigan sarfi kiritilgan.





Yüklə 44,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin