Oʼzbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/57
tarix17.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#115648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
O zbekistonning eng yangi tarixi

Iqtisodiy sohada esa bu:
— milliy boylikning ko`payishini ta'minlaydigan barqaror, rivoj-lanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
— ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakIlantirishni;
— mulk egalari huquqlarining davlat bilan himoya qilishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
— iqtisodiyotni o`ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-lotlarning Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo`jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma'naviy sohada bu:
— insonparvarlik g`oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
— ma'naviyatni qayta tiklashni;
— o`zbek tilini rivojlantirishni;
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
— ijtimoiy adolat qoidalarini ro`yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari
— keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko`p bolali oilalar, o'quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofaza-ga bo'lgan kafolatli huquqlarini ta'minlashni;
— odamlarning iste'dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma'naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta'kidlandi «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» nomli kitobda. Birinchi prezident I. Karimovning O’zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o`tishi, ichki va tashqi siyosat-ni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlami amalga oshirish-ning asosiy ustuvorliklari va yo`nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ularni yangi qoidalar bilan boyitdi.
2002-yili bo`lib o`tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida birinchi prezident I. Karimov ayni ana shu ko`p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o`rtaga tashladi. «O‘zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuciarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari» deb atalgan ushbu ma'ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual ahamiyatga ega bo'ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala — ustuvor yo`nalish belgilab berildi. Chunonchi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin