O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Reja



Yüklə 54,79 Kb.
səhifə3/9
tarix28.09.2023
ölçüsü54,79 Kb.
#150153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'5- мавзу маъруза лотин (1)

Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi.
Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e’lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, har bir fuqaroga diniy e’tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham ta’minlaydigan davlatdir.
Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi.
Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta’lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta’lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir.
Ayni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta’lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta’minlaydi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsada, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.
O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari
O‘zbekistonda ham amal qiladi.
Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga xos jihatlar ham mavjud.
O‘zbekistonda ma’naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining fikrlariga ko‘ra ma’naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning ma’naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi.
SHunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion
Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi;

Yüklə 54,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin