O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: Reja



Yüklə 54,79 Kb.
səhifə8/9
tarix28.09.2023
ölçüsü54,79 Kb.
#150153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'5- мавзу маъруза лотин (1)

«Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma’lum yovuz maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o‘ziga niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. SHuning uchun terrorizm qanday “bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi yillarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida ishlangan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba’zi reaksion agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘rahududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. Bunday holat sobiq sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.1
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar. Ma’lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi. Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu mohiyatiga ko‘ra – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatiladigan atama. Aslida «fundamentalizm» so‘zi
20-asr boshida amerikalik protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda jahon matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi. Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. ularning ba’zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta’biri bilan aytganda, islomda «shirk» (butparastlik)ka barham berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan o‘ta radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va mo‘‘tadil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta qurish, bunda eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb hisoblasa, so‘l radikalizm jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish, yangiliklardan ko‘ra aqidalarga tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. Mo‘‘tadil radikalizm ko‘proq reformistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida pishib etilgan muammolarni hal qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan tamoyilga tayanadi. Afsuski, radikalizm ko‘proq mo‘‘tadil holda emas, balki o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi.
Fundamentalistlarning ta’biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat hamdir. Bu ham "hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. SHuni ham ta’kidlash joizki, ushbu (yoki unga o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan. Biror-bir musulmon muallifi tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda, uning islom fundamentalizmi nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar" ham bu tushunchaga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar.
"Hokimiylik"ning moxiyati shundan iboratki, Olloh tomonidan yaratilganlardan hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. CHunki ularni faqatgina Ollohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, odamlar qonun chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina egadirlar. "Hokimiylik"ni e’tirof etish bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy hokimiyatning har qanday shaklini, diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. SHariatdan boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir. YUqoridagalardan ma’lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy etuvchi hukumat Ollohga xos bo‘lgan sifat - "xuquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi. Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar.
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshsda rad etish talablari ham shundan kelib chiqadi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda
"fundamentalizm", "qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "asSalafiyya" tushunchasi bilan izoxlaydilar.
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e’tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf as-salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular islomning ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid’a, yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan holat sifatida baholaganlar. Bunga qur’onni ramziymajoziy talqin qilish usullaridan terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish "Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi.
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari, jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda asoslangan bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar" guruxlarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Aslida transformatsiyalashuv uchun bir qancha istiqbollari bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh (tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb tasviflanavermaydi.
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma’noni anglatadi. Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir.
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor:

  1. Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li).

  2. Jinoiy yo‘li.

  3. Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir.

Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Fransiya inqilobi davrida istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma’nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq ijobiy ma’no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta’sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa’y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar paydo bo‘ldi. Ular ta’sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy aqidalar va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi.
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 fevral kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va shaharning besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma’shum voqealar mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevral voqealarini sodir etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 yilning avgustida Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli tinchligimizni buzishga intilgan yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi.
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi. Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va qolaversa maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. CHunki, O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi.
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston hududi orqali kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek, tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir.
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi.
Terrorchilik harakatlari, ya’ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob’ektlarni egallab olish, portlatish, odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat tinchligiga putur etkazadi.


Yüklə 54,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin