O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi 1-seminar mashg’uloti


Grafik organayzerli slayd tayyorlash uchun ma’lumotlar



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə2/6
tarix21.12.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#188375
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi-fayllar.org

Grafik organayzerli slayd tayyorlash uchun ma’lumotlar

Jonn Lokk


Jon-Jak Russo

Emil yoki tarbiya haqida”

asarida

shaxsning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi to‘rt davr:

IOGANN GENRIX PESTALOSSI

Oilaning bola tarbiyasidagi o‘rni, onaning bu boradagi namunasi to’g’risida 

1-Mavzuga oid matn


  • Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog‘liq deb isbotlamoqchi bo‘lganlar. SHunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan. Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.

Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axlo q -odobga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘ q ish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidano q mehnat q ilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham etmaydi.


U yuqoridagi fikrni davom ettirib, “Inson nafaqat mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda erga va yurtga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi. Zotan har bir inson o‘zi o‘sibg‘ulg‘aygan zaminni, mamlakatni eng yazshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak”. Uning bu fikrlaridan har bir inson fa q at o‘zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar qilib tarbiyalashi lozim. CHunki mehnatsevar bo‘lmasdan turib, o‘z erini, o‘z Vatanini seva olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, hadisi SHariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustaxkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o‘rtacha qo‘yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiqganligi uchun ham kundalik turmushga muvofi q dir. Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g‘oya bilan bog‘liq. Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. SHunga ko‘ra, islom musulmonlariga xos bo‘lgan diniy qadriyatgina bo‘lib qolmasdan, balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy mustaqillik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi va u oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yordam bermoqda.

Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin