O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi 1-seminar mashg’uloti



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#188375
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi-fayllar.org

1-Mavzuga oid matn


  • Ma’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi. XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida G‘arbiy Yevropada absolyutizm va feodal tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ‘ib qilindi. Ijtimoiy fikr borasidagi bu yo‘nalish “ma’rifat” deb atalib, uning vakillari tarixga “ma’rifatparvarlar” nomi bilan kirdilar. Ma’rifatparvarlar eski tartiblarni bekor qilishga, yangi ilg‘or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g‘oyalarni ilgari surdilar. Ana shunday ma’rifatparvarlardan biri ingliz faylasufi Jonn Lokk (1632-1704 yy.) sanaladi. Jonn Lokk o‘zining pedagogik qarashlarini “Tarbiya haqida ayrim fikrlar” (1963 y.) asarida bayon etgan. Jonn Lokk o‘z pedagogik qarashlarida bolalarni ham oilada, ham maktabda tarbiyalash zarurligiga e’tibor qaratadi. Uning fikricha, bolada axloqiy sifatlarni oila muhitida hosil qilish samarali bo‘lsa, maktab bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi.

Ma’rifatparvar oilada bolalarni tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berdi. “Salomatlik bizga kasbiy faoliyatimiz muvaffaqqiyati uchun zarur”, – deb ta’kidlash bilan birga o‘sha davr uchun o‘ta mukammal bo‘lgan tizimni taklif etdi. U bolalarni yoshlikdanoq charchoq, qiyinchilik, g‘am-g‘ussani oson еngib o‘tishga tayyorlab borishni muhim deb hisobladi. Jonn Lokk bola hayotida qat’iy belgilangan tartibning ahamiyatini yuqori baholaydi. Shu bilan birga pedagog ota-onalarga turli yoshdagi bolalarni kiyintirish, ovqatlantirish yuzasidan maslahatlar beradi. Pedagog bolani erkalatib o‘stirishni zararli deb hisoblaydi va bunday yondashuvga qarshi turdi.


  • Ma’rifatparvar oilada bolalarni tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berdi. “Salomatlik bizga kasbiy faoliyatimiz muvaffaqqiyati uchun zarur”, – deb ta’kidlash bilan birga o‘sha davr uchun o‘ta mukammal bo‘lgan tizimni taklif etdi. U bolalarni yoshlikdanoq charchoq, qiyinchilik, g‘am-g‘ussani oson еngib o‘tishga tayyorlab borishni muhim deb hisobladi. Jonn Lokk bola hayotida qat’iy belgilangan tartibning ahamiyatini yuqori baholaydi. Shu bilan birga pedagog ota-onalarga turli yoshdagi bolalarni kiyintirish, ovqatlantirish yuzasidan maslahatlar beradi. Pedagog bolani erkalatib o‘stirishni zararli deb hisoblaydi va bunday yondashuvga qarshi turdi.

  • Uning fikricha, bolalarni oila muhitida tarbiyalashda eng muhim shart ularda ijobiy odatlarni tarkib toptirishdir: “Agar siz ularni nimagadir o‘rgatish muhim, deb hisoblasangiz, buni amaliyot vositasida hodisalarni hosil qilish yo‘li bilan tarkib toptiring! Odatlarni tarbiyalash ilk bolalikdanoq boshlanishi zarur”. Bundan tashqari, Jonn Lokk tarbiyada ijobiy natijalarga erishish uchun ota-onalar bolaning individual xususiyatlarini o‘rganishlari, ularning qiziqishlaridan еtarli darajada xabardor bo‘lishlari kerakligini alohida ta’kidlaydi.

Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin