O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Qutqaruv ishlarining turlari



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qutqaruv hizmati

6-modda. Qutqaruv ishlarining turlari
Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog’-kon qutqaruv, suv-
qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong’inlarni o’chirish hamda boshqa tabiiy
va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq
ishlar kiradi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari
qonun hujjatlariga muvofiq o’zgartirilishi mumkin.
2-BOB. QUTQARUV XIZMATLARI VA QUTQARUV TUZILMALARI
7-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari quyidagi asoslarda tashkil etilishi
mumkin:
doimiy shtat asosida — qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari;
shtatsiz asosda — shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari:
respublika miqyosida — O’zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan;
hududlar miqyosida — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining,
viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan;
ob’yektlar miqyosida — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga
oshirish uchun o’z qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari bo’lishi shartligi nazarda
tutilgan tashkilotlarning qaroriga binoan tashkil etiladi.
SHtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkilotlar tomonidan o’z xodimlari
orasidan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Jamoat qutqaruv tuzilmalari ustavda belgilangan vazifasi favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishdan iborat bo’lgan jamoat
birlashmalari tomonidan jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
8-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi,
tuzilishi
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibi, tuzilishi tegishincha


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari hamda tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari
tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha o’z
zimmalariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin