O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qutqaruv hizmati

17-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan barcha kuchlar va
vositalarga rahbarlik qilish hamda ularning hamkorlikda harakat qilishini tashkil etish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda —
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan;
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar
tomonidan belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlar zonasiga birinchi bo’lib yetib kelgan qutqaruv xizmatlari
va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari
rahbarlarining vakolatlarini o’z zimmalariga oladi hamda bu vakolatlarni favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha harakatlar rejalarida
belgilangan yoki favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli
davlat boshqaruv organi, boshqa davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati


organlari va tashkilotlar tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
ishlari rahbarlari yetib kelguniga qadar bajaradi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha yuridik va
jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining faoliyatiga ularni
vazifalarini bajarishdan belgilangan tartibda chetlashtirmasdan va rahbarlikni o’z
zimmasiga olmasdan yoki boshqa mansabdor shaxsni tayinlamasdan turib aralashishga
hech kim haqli emas.
Odamlarning hayoti va sog’lig’iga bevosita tahdid bo’lganda favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni
qabul qilishga haqlidir:
evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi ob’yektlarda va hududlarda qutqaruv
ishlarini olib borish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to’g’risida;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi
tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
foydalanish to’g’risida;
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini,
shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo’lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari
bo’lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to’g’risida;
qutqaruvchi bo’lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo’lmaydigan qutqaruv
ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to’g’risida;
favqulodda vaziyatlar ko’lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish
ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko’rish to’g’risida.
Odamlarning hayoti va sog’lig’iga bevosita tahdid bo’lgan taqdirda, favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari o’zlari qabul qilgan qarorlar haqida
tegishli davlat boshqaruv organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini,


fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, tashkilotlarni darhol xabardor qilish
yuzasidan barcha choralarni ko’rishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari, qutqaruv xizmatlari
va qutqaruv tuzilmalari rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini tashkil
qilish uchun favqulodda vaziyatlar to’g’risida zarur bo’lgan to’liq va ishonchli axborot
olish huquqiga ega.
Qutqaruv ishlarini to’liq hajmda olib borishning texnologik jihatdan imkoni
bo’lmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari birinchi
navbatda favqulodda vaziyatlar zonalaridagi odamlarni qutqarish bo’yicha imkoni
bo’lgan barcha choralarni ko’rgach, qutqaruv ishlarini to’liq yoki qisman to’xtatib turish
to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.

Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin