O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#185879
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston resp-fayllar.org

Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomonidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir. Barkamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini shunday ifodalanadi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. O‘zining kasbiy mahoratini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarda tarbiyachilik mahoratining ko‘nikma va malakalarini egallash qiyin shakllanadi. Bunga asosan, yosh o‘qituvchilarda kasbiy sifatlar tizimini egallash harakati bilan bog‘liq sub’ektiv sabablar mavjud bo‘ladi. Bu nimani nazarda tutadi? Boshlovchi o‘qituvchining ziddiyatli vaziyatlarda o‘quvchilar orasida o‘zini tuta bilishi, xilma-xil tarbiyaviy usullardan foydalanib, ko‘zlangan maqsadiga erishishi tarbiyachilik mahorati bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan tarbiyachi-o‘qituvchi jazolash usullarini ko‘proq egallashga harakat qiladi. Ular oldida, go’yo tarbiyaviy maqsadlarga erishishning omili sifatida «qanday jazolamoq kerak?» muammosi barcha tarbiyaviy masalalarni hal qiluvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Tarbiyada maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa – bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Yоshlarga ta’lim-tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammo sanalib
kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga
ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi eng avvalo el-yurtning,
xalqning manfaatini o‘ylaydi. Chunki har bir shaxsning baxt-saodati alohida, o‘z
holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush kechirganlaridahuzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, unga turli davrlarda turlicha amal qilib kelingan.
Hali insoniyat yozish-o‘qishni bilmagan paytlarda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish
haqidagi qarashlar xalq og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan. Uzoq davrlar tajribada
sinalib, sayqallanib borgan. Kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish darajasiga etgan. Yozish o‘qish paydo bo‘lgandan keyin ham xalq og‘zaki ijodi o‘z mavqeini yo‘qotmagan,aksincha, yozma adabiyotlar mazmuniga singgan holda ta’sirchanligi yanada ortib borgan. Insoniyat tarixidagi butun tajribalarga suyangan holda yaratilgan urf-odatlar kabi odob-axloq qoidalari ham tarkib topgan. Odob va axloq qoidalarining hammasi bir kishi tomonidan bitilmaydi. Zotan, ular inson hayotiy tajribasining umumlashgan boy mahsulidir. Ma’naviy etuklik insonning ehtiyojiga aylanib qolishi zarur. Odob qoidalari hamma uchun bajarilishi zarur bo‘lgan hayotiy talabdir. Axloq kishining ichki olami,e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob kishining ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomila munosabati tarzida namoyon bo‘ladi.Odob va axloq qoidalariga to‘la amal qilish insonlarning o‘zaro hurmat-ehtirom bilan tinch-totuv yashashlarini ta’minlaydi. Odob va axloq qoidalariga kam e’tibor beriladigan har qanday oilada, jamiyatda dilozorliklar, beandishaliklar va shu kabi insoniy fazilatlarga dog‘ tushadi.
Qaysi mamlakatda, qanday jamiyatda odob va axloq qoidalariga yaxshi e’tibor
berilsa, shu joyda hayot farovon, kishilarning ruhi tetik iymon-e’tiqodi mustahkam
bo‘ladi. O‘tmishda oilada farzand tarbiyasiga, ularning odobi, axloqiga alohida e’tibor berilgan. Agar oilada o‘g‘il tug‘ilsa uni jasur, jisman baquvvat, ilmu odoblik bo‘lib etishmog‘iga, biron-bir kasb egasi bo‘lishiga sharoit yaratilgan. Odob va axloqning mukammal bo‘lishi haqida qayg‘urilgan va ularga muntazam amal qilish nazorat ostiga olingan. Qiz bolalarga ham ilm va hunar o‘rgatilgan. Ayniqsa, ularning odob va axloqiga birinchi darajali vazifa sifatida qaralgan.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘ nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Kespuhlîkasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. CHunki, kadrlar tayyorlash mi11 iy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyati i mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘ lib, O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’rr1inlay oladigan. mustaqil fikr yuritadigan, talak k urli. malakali. bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga etgan pedagoglarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o’quvchi shaxsning o‘zi tomonidan raollik ko’rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog etakchi vazifani bajaradi. CHunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari. mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vaziralar tizimidan yaxshi xabardor. tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
O‘z tabiatiga ko’ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila. maktab. jamoatchilik, ijtimoiy muhit. shuningdek. vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta"sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o quvchilarning psixolog ik (individual tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayotiy va ma"naviy qiyo fasiga, shaxsiy jihatlariga bog’ liq. "Tarbiya odatda, o‘z-o’zini tarbiyalash, o‘z-o’zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini shakllantirish bilan go‘ shib olib boriladi. O‘ z-o'zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘ lgan tözilatlarning hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. O‘z- o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo‘qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi ilk sog‘lom muhit. ota-onaning tarbiyada yo‘l qo’ygan xatolari, o‘qituvchi .Salohiyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida ,salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o’zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab. ota-onaning hamkorligi lozim bo' ladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin