O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘1
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish
haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning
yangi tamoyillarini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori hamda Vazirlar
Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va
sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish
maqsadida
buyuraman:
1.
Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida nizom 1-ilovagq muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom 2-ilovaga
muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor ohinbosarining namunaviy ish
rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan sinf soatlarining 2020 - 2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan
namunaviy mavzular rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Sinf rahbari daftari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2.
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab 1 -11-sinflarda haftaning juma kunidagi
birinchi darsni sinf
rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan “Sinf soati” sifatida o‘tilishi yo‘lga qo‘yilsin.
3.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi (A.Tagayev) bir kun muddatda mazkur buyruqni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi
bosh boshqarmasi va
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yetkazsin va o‘quv yili davomida joylardagi ijrosini nazorat qilsin.
4.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi boTimlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyatini keng
pedagogik
jamoaga yetkazish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va sinf
rahbarlari faoliyatini tashkil etishda ushbu hujjatlar talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash vazifalari
yuklatilsin.
5.
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi (L.Rustamova)
mazkur
buyruqni vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirsin.
6.
Xalq ta’limi vazirligining quyidagi buyruqlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
“Xalq ta’limi muassasalarida “Ma’naviyat kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2012-yil 6-dekabrdagi
344-son buyrug‘i;
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf
rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlami tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-avgustdagi 282-son
buyrug
1
i.
7.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari D.Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent sh., 2020-yil 30
-iyul,
180-son