16-mavzu. Turli yosh guruhlariga mansub tennischilarni tayyorlash xususiyatlari Yosh tennischilar mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari. Yosh
tennischilar trenirovka jarayonida o‘yin va musobaqa uslublarining ahamiyati.
Bolalar, o‘smirlar, yoshlar bilan ishlaydigan kadrlar tayyorlashda qo‘yiladigan
talablar. Bolalar va o‘smirlarni yoshiga xos xususiyatlari. Bolalar, o‘smir va
yoshlarni tennisga o‘rgatish, trenirovka qildirish uslublari va vositalari, ularni
qo‘llash xususiyatlari. Shug‘ullanuvchilarning yoshiga qarab beriladigan
trenirovka nagruzkalar hajmi, shiddati, mazmuni va davom etish muddati. Yosh
tennischilar tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish.
17-mavzu. Tennisga tanlov o‘tkazish Tanlov-uzoq muddatli (ko‘p yillik) jarayon. Sport maktablariga qabul
qilishda boshlang‘ich tanlovni tashkil qilish tadbirlari va uni o‘tkazish
xususiyatlari, “tanlov” atamasining mohiyati. Istiqbolga (perspektiv) qaratilgan
tanlov, uning vazifalari, o‘tkazish tartibi, shart-sharoitlari. Nufuzli musobaqalarda
ishtirok etish uchun yuqori malakali jamoalarga tennischilarni tanlash.
IX - modul. Ilmiy tadqiqot asoslari 18-mavzu. Ilmiy tadqiqot asoslari Ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy asoslari. Ilmiy tadqiqot ishlariga
qo‘yiladigan talablar va ilmiy ishlar turlari, uslublari.
Ilmiy-tadqiqot uslublari va uni tashkil qilish. Akademik dars va o‘quv-
trenirovka mashg‘ulotlarida o‘quv-tadqiqot hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil
qilish. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish. Ilmiy
mavzuni tanlash, tadqiqot maqsadi, vazifalari va muvofiq ilmiy uslub hamda
testlarni tanlash va ulardan foydalanish tartibiga o‘rgatish.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish va ilmiy ishlar yozish.Tadqiqot
natijalarini umumlashtirish, matematik-statistika usulida ishlab chiqish, jadvallar,
digrammalar va andozalar tayyorlash, ularni qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot
materiallarini yozish va rasmiylashtirish. Xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish. Talabalar anjumanlariga ilmiy ma’ruzalar tayyorlash.