O`zbekiston respublikasi


shu’ba leksemasiga havola etilgan. Lekin bu yerda shu’ba



Yüklə 42,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.06.2022
ölçüsü42,06 Kb.
#61265
1   2   3   4   5
ayrim manodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lugatlardagi izohi xususida

shu’ba leksemasiga havola etilgan. Lekin bu yerda shu’baning ikki ma’noga 
egaligi va bu ma’nolar lug‘atda qayd etilganligi hisobga olinmagan. Ya’ni 
shu’baning 2-ma’nosi musiqa termini hisoblanadi:
2 mus. Shashmaqom tarkibiga kiruvchi olti maqomdagi har bir bo‘limning 
nomi (O‘TIL, 5, 9-b). 
Demak, shu’baning uchinchi ma’nosi («seksiya» ma’nosi) O‘TIL da 
berilmagan. 
O‘zMEda shu’baning faqat musiqiy terminlik ma’nosigina berilgan. Lekin 
uning korxona leksemasi bilan birikuvidan hosil bo‘lgan birikma termin berilgan 
(O‘zME, 2005, 10-j, 140-b).
Bugungi kunda shu’ba leksemasi ijtimoiy-siyosiy sohada faol qo‘llanmoqda. 
Uning boshqa so‘zlar bilan birikishidan yangi birikma terminlar hosil qilingan 
hamda ijtimoiy hayotda keng ko‘lamda qo‘llanmoqda. Masalan, shu’ba korxona 


(dochernoye predpriyatiye), shu’ba xo‘jalik jamiyati (O‘YUE), umumiy shu’ba 
(«Ish yuritishdan lug‘at»da «obshiy sektor» umumiy shu’ba deb tarjima qilingan) 
birikma terminlari lug‘atlarga ham kiritilgan.
Lekin shu’ba so‘zining yozilishida katta muammolar ko‘zga tashlanadi. 
Shu’ba ijtimoiy-siyosiy termini darslik, lug‘atlar, matbuot sahifalarida turlicha – 
goh shu’ba, goh sho‘ba tarzida yoziladi. So‘z hamda terminlar yozilishi va 
ma’nosining me’yoriy to‘plami hisoblangan O‘TIL hamda imlo lug‘atida shu’ba 
deb berilganu, lekin O‘TIL (5 jildli)ning o‘zida bunga amal qilinmagan. O‘TILda 
hatto bir betning o‘zida ikki xil yozilish holatlari uchraydi: bo‘lim leksemasida 
sho‘’babo‘limchada shu’bacha tarzida (O‘TIL, 1, 409-b).
O‘zMEda birikma termin sho‘’ba korxona tarzida yozilgan. «O‘zbekiston 
yuridik ensiklopediyasi»da ham shu’ba termini sho‘’ba tarzida berilganki, bu 
qo‘pol xato keyingi davrdagi yuridik hujjatlarda (yoki bora-bora) terminning xuddi 
shu shaklda (sho‘’ba deb) rasmiylashtirilishiga sabab bo‘ladi deb ayta olishimiz 
mumkin. 
Musiqa termini sifatida esa hamma lug‘atlarda: O‘TILda ham, O‘zMEda ham 

Yüklə 42,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin